

Sobiq yarim himoyachining so'zlariga ko'ra, u mashhur futbolchilar bilan muloqotda bo'lganida bir xil fikrni qayta-qayta eshitgan.
“Men Ibragimovich, Runi yoki Pogba kabi futbolchilar bilan gaplashganimda, ularning hammasi bir xil gapni aytishadi: "Siz, nemislar, biz hamisha sizdan o'rganishga umid qilgan narsani yo'qotdingiz", – dedi Shvaynshtayger.

Uning fikricha, Germaniya Gvardiolaning 2013 yildan 2016 yilgacha “Bavariya”ni boshqargan davridagi futbol falsafasini deyarli to'liq qabul qilib yuborgan.
“Mening nazarimda, Gvardiola "Bavariya"da ishlagan vaqtda biz uning futbol falsafasiga haddan tashqari ko'r-ko'rona ergashdik. Bundan so'ng terma jamoaning natijalariga bir qarab ko'ring. Evro-2016 yarim finalidan so'ng Evro-2021’ning chorak finaliga chiqish allaqachon eng yuqori nuqtamizga aylanib qoldi. Ilgari esa biz kamida muntazam ravishda yarim finalgacha yetib borar edik”, – dedi terma jamoa sobiq sardori.
2026 yilgi Jahon chempionatida ham Germaniya yana muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Jamoa pley-offning ilk bosqichidayoq Paragvay terma jamoasiga imkoniyatni boy berib, turnirni tark etdi.
Shvaynshtayger faoliyatini 2020 yilda yakunlagan. Germaniya terma jamoasi safida 121 ta o'yin o'tkazib, 24 ta gol urgan va 2014 yilda jahon chempioni bo'lgan. “Bavariya” tarkibida esa yarim himoyachi 8 marta Bundesligada va 1 marta Chempionlar Ligasida zafar quchgan.



