

Bu haqda "Toro Futbolero" internet-nashri xabar bermoqda.
Futbolchi JCH-2026da Paragvay terma jamoasi safidagi muvaffaqiyatli ishtiroki evaziga kataloniyaliklar e'tiborini tortishga erishdi. Takidlanishicha, mundial davomida o'yinchi "Barselona" vakillarida juda ijobiy taassurot qoldirgan.
Hozirda "Barselona" himoyaning o'ng qanotini kuchaytirish variantlarini baholashda davom etmoqda. Ayni damda kataloniyaliklar "Dinamo" bilan muzokaralarga kirishgani yo'q, shunga qaramay Kaseres kataloniyaliklarning short-listidan o'rin olgan.



