"Real" "Arsenal" tomonidan bo'layotgan qiziqish fonida Vinisiusga javob taklifini bildirdi

28 iyul 2026, 09:10
Madridning "Real" klubi Londonning "Arsenal" jamoasi tomonidan vinger Vinisius Juniorga bo'layotgan qiziqish fonida futbolchi va uning vakillariga shartnomani uzaytirish bo'yicha javob taklifini yubordi.

Bu haqda jurnalist Florian Plettenberg X ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida xabar beradi.

"Real" bir necha oylik muzokaralardan so'ng kelishuvga erishishga umid qilmoqda. Klub "Arsenal" tomonidan bildirilayotgan qiziqishdan xabardor. London grandi vingerning transferi bo'yicha ilk rasmiy taklifni tayyorlamoqda.

Vinisiusning "qaymoqranglilar" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozigacha mo'ljallangan. Avvalroq "Real" bosh murabbiyi Joze Mourinyo futbolchining klubdan ketishiga qarshi ekani, "Arsenal" esa o'yinchiga haftasiga 468 ming evrodan ortiq maosh taklif qilishga tayyorligi xabar qilingan edi.

Futbolchi 2018 yilning yozidan beri Madrid klubi safida to'p suradi. Yakunlangan mavsumda Vinisius barcha turnirlarda 53 ta o'yinda maydonga tushib, 22 ta gol va 14 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. "Transfermarkt" portali ma'lumotiga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 140 million evroni tashkil etadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Championat.com