"Barselona" Torresni saqlab qolishni istaydi, ammo unga PSJ darajasidagi shartlarni taklif qilishga tayyor emas

26 iyul 2026, 15:08
"Barselona" agar tomonlar futbolchining maoshi bo'yicha kelishuvga erishsa, Ispaniya terma jamoasi hujumchisi Ferran Torres bilan shartnomani uzaytirmoqchi.

Kataloniyaliklar 26 yoshli hujumchiga cheklangan ish haqi byudjeti tufayli moliyaviy sharoitlarni sezilarli darajada yaxshilashni taklif qila olmaydi. Shuning uchun “ko'k-anorranglilar”ga boshqa klublar, xususan PSJ rozi bo'lgan shartlar bilan raqobatlashish qiyin bo'ladi.

Torres 2025/26 yilgi mavsum 49 ta o'yinda 21 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Ispaniyalik futbolchi JCH-2026da finalda Argentina ustidan 1:0 hisobida g'alaba qozonilgan o'yinda yagona golni urdi.

Transfermarkt futbolchining narxini 55 million evroga baholamoqda. Uning "Barselona" bilan shartnomasi 2027 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Marca