Rasman: “Andijon” transfer taqiqidan qutuldi

Sherzod Nurmatov
28 iyul 2026, 13:23
“Andijon” klubidan yangi futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazish taqiqi olib tashlandi.

Joriy yilning 16 iyul sanasida FIFA Intizom qo'mitasi “Andijon” klubiga sobiq futbolchisi - Artyom Odincov oldidagi qarzdorlik tufayli yangi futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazishga taqiq qo'ygandi.

Kecha, 27 iyul sanasida FIFA klub va futbolchi o'rtasidagi nizo to'liq hal qilingani hamda “Andijon” klubiga nisbatan qo'llangan intizomiy jazo chorasi bekor qilinganini ma'lum qildi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: pfl.uz