"Lids" "Manchester Siti" futbolchisini 40 mln funtga sotib olmoqda

28 iyul 2026, 08:45
"Lids Yunayted" "Manchester Siti" darvozaboni Jeyms Traffordni o'z safiga qo'shib olishga yaqin turibdi.

Bu haqda "The Athletic" jurnalisti David Ornshteyn xabar bermoqda.

23 yoshli angliyalik futbolchining transfer summasi 40 million funtni tashkil etadi. Shuningdek, golkiper bo'yicha kelishuvga bonus to'lovlari ham kiritiladi.

Trafford - "Manchester Siti" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. O'tgan yozda "shaharliklar" darvozabonni "Byornli"dan 31,2 million evroga sotib olishgan edi.

O'xshash yangiliklar


Manba: The Athletic