So’nggi yangiliklar

13:03Бугун ЕЧЛга қуръа ташланади. Олма-отага кимлар келади?  2 12:43Конференциялар лигаси саралаши. Бугун Файзуллаев ва Шомуродов жамоаси жавоб учрашувида майдонга чиқади  3 11:34Эшитдик-да! Тимур Кападзе "Пахтакор" бош мураббийи бўлиши мумкин  49 10:48ПСЖ ва "Ювентус" ўзаро келишувга эришди  0 10:23"Челси" 24 йиллик анаънадан воз кечади  6 09:56Икич Фране: "Жамоамиз бу ўйинда ғалаба қозонишга ҳақли эди"  2 09:27Германия терма жамоасининг сентябрдаги ўйинлар учун чақирилган футболчилари маълум  4 08:54МЮ Брунуни сотишга тайёр. Унга нарх қўйилди  8 08:27"Бухоро" "Бунёдкор"ни мағлуб этиб, тарихда илк бор ярим финалга чиққан учрашувдан ФОТОГАЛЕРЕЯ  9 08:00Жароҳатдан қайтган Месси жамоасини Лига кубоги финалига олиб чиқди  10 07:50Германия Кубоги. "Бавария" меҳмонда 3-лига жамоасини мағлуб этди  1 07:31Аморим кечаги мағлубиятга изоҳ берди  8 02:42Англия кубоги. "Манчестер Юнайтед" 1/32 финалда 4-лига жамоасига мағлуб бўлиб, турнирни тарк этди  13 02:22EЧЛнинг барча 36 иштирокчиси маълум: "Барселона" ва "Реал" 1-саватда, "Арсенал" ва "Ювентус" 2-саватда, "Тоттенхэм" ва "Наполи" 3-саватда, "Монако" ва "Қайрат" 4-саватда  17 00:18"Ал Ҳилол" А Сериядаги футболчи учун 35 млн евро таклиф қилди, аммо...  0

Pro-liga ishtirokchisiga aylangan universitet klubi - "FarDU" bosib o'tgan yo'l bilan yaqindan tanishamiz (Bekzod Tolibov blogi) Yangiliklar

Pro-liga ishtirokchisiga aylangan universitet klubi - "FarDU" bosib o'tgan yo'l bilan yaqindan tanishamiz (Bekzod Tolibov blogi)

O'zPFL bosh direktori Diyor Imomxo'jaev "Futbol" telekanaliga bergan intervyusida klublarning xususiylashtirilishi amaliyotini universitetlar va futbol akademiyalari jamoalari orqali tartibga solish va jadallashtirish masalasiga urg'u qaratdi.

2030 yilga qadar futbol klublari to'liq xususiylashtiriladigan bo'lsa, bu jarayonni kelgusida duch kelishimiz mumkin bo'lgan muammolarga echim bo'la oladigan konkret g'oya ekanini tushunsak bo'ladi.



O'zPFL ayni g'oya bo'yicha yurishni allaqachon boshladi, 2024 yilgi mavsumdan viloyat futbol akademiyalari Birinchi ligaga jalb etildi. Milliy chempionatlarimizda universitet futbol jamoalari paydo bo'ldi, "FarDU" va "BuxDU" nomlari bilan tashkil etilgan klublar Liga bayrog'i ostida o'tadigan musobaqalarga jalb etildi. Bu borada "FarDU"ning maqsadlari jiddiy ekani malum bo'ldi, jamoa Birinchi ligadagi debyut mavsumidayoq chempionatning bronza medallariga ega chiqdi. Ushbu natija ortidan O'zPFL rasmiy sayti 2025 yilgi mavsumdan O'zbekiston Pro-ligasida "FarDU" nomli yangi ishtirokchi paydo bo'lganligini elon qildi.



Farg'ona davlat universitetining "FarDU" futbol klubi 2021 yilgi mavsumdan oliygoh rektori Bahodirjon SHermuhammadov tashabbusi bilan alohida etiborga olindi. Bundagi maqsad universitetda tahsil olayotgan talaba yoshlarni keng miqyosda sportga jalb etish, futbol sport turining ommaviyligini yanada oshirish hamda nazariya va amaliyot uyg'unligini taminlashga qaratilgan edi. Universitet qoshida tashkil etilgan futbol klubiga ko'rsatilayotgan tez orada o'z samarasini berdi, jamoa 2023 yilgi mavsumda Farg'ona viloyati Farg'ona viloyati Ikkinchi ligasida chempionlikni qo'lga kiritdi. Ushbu natija "FarDU" futbol klubiga Birinchi ligaga o'tish turnirida qatnashish huquqini taqdim etdi. 2023 yil dekabr oyida Surxandaryo viloyatida tashkil etilgan Birinchi ligaga o'tish turnirida "FarDU" musobaqaning 3-o'rini sohibi bo'ldi va 2024 yilgi mavsumdan O'zPFL bayrog'i ostida o'tadigan Birinchi ligada ishtirok etish imkoniyatiga ega bo'ldi. "FarDU" ortda qolgan 2024 yilgi mavsumda Birinchi liganing SHarqiy mintaqasida 2-o'rinni qo'lga kiritdi. G'arbiy va SHarqiy mintaqaning 8 ta eng kuchli jamoalari ishtirokida tashkil etilgan mavsumning yakuniy final bosqich o'yinlarida 3-o'rinni qo'lga kiritib, debyut mavsumidayoq Birinchi liganing bronza medallariga ega chiqdi.



O'zbek futbolida professionallik sari aniq maqsadlar bilan odimlayotgan futbol klubi paydo bo'layotgani ortidan 2024 yil noyabr oyining so'ngi kunlarida O'zPFL delegaciyasi Farg'onaga tashrif buyurdi va jamoa rahbariyati bilan kelgusidagi maqsadlar hamda licenziyalash talablarini bajarish yuzasidan uchrashuv o'tkazdi. Ana shu uchrashuv doirasida klub mutasaddilariga Superliga va Pro-liga klublariga qo'yiladigan licenziyalash talablari haqida batafsil malumot berildi. "FarDU" mazkur talablarni bajarish uchun tezda ishga kirishdi, tegishli mutaxassislarni jalb etgan holda klub stadionida qayta rekonstrukciya ishlari boshlandi. Xususan, stadion tribunasidagi o'rindiqlar yangilandi, futbol maydoniga Ispaniya davlatidan keltirilgan maysa urug'lari ekib chiqildi. Jamoa o'z stadionini licenziyalash talablariga to'liq mos holga keltirguniga qadar Pro-liga o'yinlarini o'tkazib turish uchun Farg'ona shahridagi "Istiqlol" stadioni bilan kelishuvga erishdi. SHuningdek, avvaldan shakllantirib kelinayotgan U-19 yoshlar jamoasini Liga ro'yxatidan o'tkazish ishlari dekabr oyidayoq boshlandi. Klub tomonidan amalga oshirilayotgan maqsadli harakatlar ortidan kirib kelgan yangi 2025 yilning ilk kunlaridayoq O'zPFL rasmiy sayti orqali "FarDU" Pro-liga ishtirokchilari safiga qo'shilgani malum qilindi. Universitetlar qoshida futbol klublarining tashkil etilishiga hukumat darajasiga ham etibor berilmoqda. Xususan, bunga yorqin misol tariqasida Farg'ona davlat universiteti rektori Bahodirjon SHermuhammadovga Sport vaziri Adham Ikromov tomonidan "Olimpiya va paralimpiya shon-shuhrati" muzeyida tashkil etilgan marosimda "Jismoniy tarbiya va sport alochisi" ko'krak nishoni topshirildi.



"FarDU" klubining murabbiylar shtabida futbolimizning taniqli vakillaridan Sergey Lebedev va Abdusamad Do'rmonovlar faoliyat olib borishmoqda. Jamoa tarkibida universitet talaba-yoshlari bilan bir qatorda Abduxoliq Qurbonov, Riza Ayvazov, Ibodjon Abelfazov, Sanjar Zokirov, Doston Rashidov, Nozimjon Bobojonov kabi tajribali futbolchilar ham harakat qilishmoqda. Ortda qolgan mavsumda jamoani sardor sifatida maydonga boshlab tushgan tajribali himoyachi Abduxoliq Qurbonov ham hozirda ushbu oliygoh talabasi hisoblanadi. SHuningdek, klub Pro-liga yangi mavsumi oldidan Farg'ona futbolining taniqli vakillaridan hisoblangan SHukurali Po'latov transferini ham elon qildi. Ayni kunlarda yangi mavsumga tayyorgarlikning dastlabki qismini Farg'onada tashkil etayotgan "FarDU" tarkibida bir qator yangi futbolchilar ko'rikdan o'tkazilmoqda.


Bekzod Tolibov

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика