

Bu chempionatda O'zbekiston milliy terma jamoasining 5 nafar futbolchisini faoliyat olib bormoqda. Oldinda bizni Jahon chempionati kutib turibdi. Xo'sh, o'zbekistonlik futbolchilarning taqdiri qanday kechadi? Ular transfer oynasi yopilib bo'lgan Superligamizga qaytishi mumkinmi? Shu savollarni PFL rahbariga berdik:
"Agar FIFA xuddi Rossiya va Ukrainadagi kabi futbolchilarga Eron klubini bir tomonlama tark etish huquqini bersa va O'zbekistonga boshqa associaciya klubidan keladigan futbolchini transfer oynasidan tashqari olishga ruxsat bersa, biz o'zimizning o'yinchilar uchun ro'yxatdan o'tishni ochishga tayyormiz. Bizda mavsum endigina boshlandi va bu narsa hech qanday sport yaxlitligiga ta’sir qilmaydi. Barchasi O'zbekiston terma jamoasining manfaati yo'lida bo'ladi", - dedi Diyor Imomxo'jaev.
Eslatib o'tamiz, Eron chempionatida hozirda Rustam Ashurmatov, Igor Sergeev, Odil Hamrobekov, Oston O'runov va Jaloliddin Masharipov kabi legionerlarimiz o'ynashmoqda.



