

Bugun - 19-avgust kuni Liga Ijroiya qo'mitasining 8 nafar a'zosi mazkur masalani ko'rib chiqdi. Yig'ilishda barcha a'zolar ishtirok etgan bo'lib, ular orasidan Odil Ahmedov hamda Alisher Yusupov Kuala Lumpurdan, shuningdek, Elbek Samatov Andijondan, yani, masofadan turib Liga bosh direktorligi uchun o'z ovozlarini taqdim etishdi.
Yig'ilish yakuniga ko'ra, Ijroiya qo'mitaning barcha a'zosi bir ovozdan Diyor Imomxo'jaev nomzodini navbatdagi vakolat muddatiga bosh direktor sifatida tasdiqladi. Shundan kelib chiqib, tashkilotning amaldagi rahbari 2026-yilning 19-avgust sanasidan e'tiboran keyingi to'rt yil davomida o'z vazifasini bajarishda davom etadigan bo'ldi.



