So’nggi yangiliklar

01:35Туркия Суперлигаси. "Ризеспор" меҳмонда "Аланяспор" билан дуранг ўйнади, Алиқулов тўлиқ ўйнади  1 01:31"Бавария" — Германия Суперкубоги соҳиби  0 01:07U-21 биринчилиги. Йовович ва Марушич "Насаф"га гол урди, "Сўғдиёна"дан суперкамбэк, пешқадамдан мағлубият  2 00:39Рўзиқул Бердиев: "Мақсадимиз чемпионликни ўзимизда сақлаб қолиш"  4 00:37Ла Лига. "Барселона" йирик ғалаба билан бошлади, "Мальорка" биринчи бўлимдаёқ тўққиз киши бўлиб қолганди   50 00:11"Челси" "Милан" ярим ҳимоячисини қўлга киритмоқчи  0 23:57Элдор Мойлиев: "Насаф" ҳимоясини ёриб ўтиш бизга қийин бўлди"  0 23:39БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" меҳмонда "Ал Айн"га мағлуб бўлди, Ғаниев жамоасининг ягона голига муаллифлик қилди  0 23:31АПЛ. "Манчестер Сити" меҳмонда "Вулверхэмптон"ни тор-мор этди, Ҳусанов захирадан ўйинга қўшилди  26 23:30Суперлига. “Навбаҳор” — “Нефтчи” 0:1   2 23:28Вадим Абрамов: "Мухлисларимиз уйдаги ғалабани соғиниб қолишганди"  4 23:14"Навбаҳор"нинг Намангандаги мағлубиятсиз серияси тугади  2 22:51Миржалол Қосимов: "Юриб футбол ўйнайдиган пайтлар ўтиб кетди"  6 22:03"Манчестер Юнайтед" Дания терма жамоаси хавбекини сотиб олмоқчи  2 21:30"Насаф" Қашқадарё дербисида "Шўртан"ни мағлуб этди  23

"Pora bizda taqiqlangan". Perluiji Kollina bilan suhbat Yangiliklar

"Pora bizda taqiqlangan". Perluiji Kollina bilan suhbat

Yaqin o'tmishning mashhur hakamlaridan biri Perluiji Kollina ish yuzasidan Moskvaga keldi.

Italiyalik sobiq referi "Olimpiyskiy" stadionida tashkil etilgan "Synergy Global" biznes-forumida ishtirok etdi. Uning tashrifidan rossiyalik hamkasblarimiz unumli foydalanib intervyu olishdi. Kollina suhbat uchun faqat 15 daqiqa vaqt ajrata oldi. CHunki uning ish vaqti juda tig'iz edi.

- O'yin paytida qorin og'rib qolmasligi uchun o'yindan oldin nima erdingiz?
- Odatiy parhez qilardim. Men odatda o'yindan uch soat oldin ovqatlanib bo'lardim. SHuningdek, yaxshi uxlab olardim. 2002 yilgi jahon chempionati finalini boshqarganman. Yaponiyadagi bahs mahalliy vaqt bilan 19:30da boshlangandi. O'shanda yaxshilab mizg'ib olishga harakat qilganman. Bu o'yinlarni yuqori saviyada boshqarish uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Bazi hakamlar o'yin bosimini o'ylayverib uxlashga harakat qilishmaydi. Aslida hech nimani o'ylash kerak emas.

- Hech qorin og'riq yoki boshqa muammo bilan hakamlik qilganmisiz?
- Hech qachon.

- 2002 yil. Jahon chempionati finali. Bahs nihoyasiga etgach, futbolchilarga nima dedingiz?
- G'olib jamoani chempionlik bilan tabrikladim. Bu odatiy hol. O'sha finalda dunyoning eng kuchli futbolchilari o'ynagan. Men ularning ko'pchiligini Evropa chempionlar ligasi orqali bilardim. Kiyim almashtirish xonasidan maydonga chiqayotganimizda har ikki jamoa futbolchilari bilan uzoq gaplashganman. Axir biz bir-birimizni juda yaxshi tanirdik. O'shanda hech narsa va hamma narsa haqida gaplashganmiz. Yani, aytmoqchi bo'lganim suhbatimiz quruq gapdan iborat bo'lgan.

- Sizda iqtisodchi diplomi bor. Bu qachondir hakamlik faoliyatida kerak bo'lganmi?
- Yoshligimda iqtisod qaror qabul qilishimda yordam bergan. Lekin keyinroq bilsam men haqimda qayg'uradigan odamlar shundoq ham bor ekan: ota-onam, o'qituvchilarim, do'stlarim, aka-singillarim. 17-18 yoshimda o'zimdan katta futbolchilarning o'yinini boshqarardim. Men faqat shuni bilardim: bitta noto'g'ri qaror hammasini dabdala qilishi mumkin. SHu bois juda diqqatli bo'lganman.

- MYU - "Bavariya" o'ynagan 1999 yilgi ECHL finalini boshqargansiz. Bu qanday bo'lgandi?
- MYU birinchi golini 90+1-daqiqada urganidan so'ng men endi qo'shimcha taymlarga harakat qilsak bo'laveradi deb o'ylagandim. Hamma keyingi yarim soatni kutayotgandi, qanotdagi yordamchilarim ham. Ammo MYU ikkinchi golni ham kiritdi va shu bilan o'yin tugadi. Demak, har doim oxirigacha tayyor turish kerak ekan.

- Sizda o'yin payti qandaydir hissiyotlar bo'lganmi?
- Hech qanday. Axir futbolni men o'ynamaganman.

- Faoliyatingizdagi eng og'ir bahs?
- Masuliyat tomonlama albatta ECHL va jahon chempionati finallari. Lekin men uchun eng qiyini yosh paytimda Italiyaning quyi divizionlarida hakamlik qilish bo'lgan. CHunki u erda saviya past va sizni hech kim muxlislardan himoya qila olmaydi. CHempionlar ligasida doim himoyada bo'lasiz. Ammo quiy divizion o'yinlariga 200 kishi keladi va ularga hech kim qaramaydi. Deyarli butun dunyoda shu ahvol. Muxlislar hakamlarga nisbatan o'ta qo'pol muomalada bo'ladilar, bu esa katta boshog'riq.

- Sizga necha marta pul taklif qilishgan?
- Biror marta ham. Pora bizda taqiqlangan. To'g'risi, bu savol meni hayron qoldirdi.

- Futbolchilarga hazil qilarmidingiz?
- Internetda meni qidirsangiz, har xil suratlarim chiqadi: kulgili yoki o'ta jiddiy. Ammo men doim o'zim bo'lib qolishga harakat qilaman. Hazir bu normal narsa. Albatta, men ham futbolchilar bilan hazillashganman, o'z navbatida ular ham hazil qilgan. Masalan, "CHelsi"dagi Denis Uayz yonimda turib qiliq qilardi. Lekin men o'zimga olmaganman.

- Kal boshingiz haqida gapirishganmi?
- Hech qachon.

- Uyingiz qirg'oqqa yaqin joylashgan. Rosa maza qilsangiz kerag-a?
- Men Forte-dei-Marmi degan kichkina shaharchada yashayman. Ha, uyim qirg'oqqa juda yaqin. Plyajga boraman, dam olaman. Biz yashaydigan shahar sokin, bu esa menga yoqadi. Uydaligimda vaqtimni oila davrasida o'tkazaman, ikki qizim va nabiram bilan. Boshqa payt esa FIFA ishlari bilan doim u yoqdan bu yoqqa uchaman.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика