So’nggi yangiliklar

10:42Алонсонинг ўрнига яна бир даъвогар пайдо бўлди  1 10:15"Навбаҳор" келаси мавсум уй учрашувларини қайси стадионда ўтказиши маълум  2 09:46Кечаги аламли натижадан сўнг Аморим нималар деди?  2 09:18ОКМК етакчиларидан бир легионер бўлишга яқин  1 08:50The Best 2025. ФИФАнинг 2025 йилнинг энг яхши футболчиси соврини учун номзодлар рўйхати эълон қилинди  10 08:17"Андижон" етакчиларидан бир фаолиятини Тошкентда давом эттиради  3 07:46Суперлига плей-офф. Бугун келаси мавсумнинг сўнгги Суперлига иштирокчиси аниқланади  14 03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  1 03:11АПЛ. МЮ уч марта ҳисобда олдинга чиқиб олди, аммо барибир ғалаба қозона олмади  12 01:50Собиқ ҳакам Фернандес Винисиуснинг "Алавес" жарима майдончасида йиқилиши ҳақида: "Яққол пенальти"  11 00:43Рустам Ашурматов дисквалификация сабаб кейинги турни ўтказиб юборади  0 00:25"Манчестер Юнайтед" - "Борнмут". Асосий таркиблар эълон қилинди  13 23:34Гехи – "Ман Сити"нинг ҳимоядаги асосий трансфер мақсади  4 22:40"Реал"да Алонсонинг хато қилишга ҳаққи йўқ. Клуб мураббийни натижалар имкон бергунича олиб қолмоқчи, бироқ лойиҳа борасида шубҳалар мавжуд  3 22:07Отабек Шукуров: "Бош мураббий Европадан 2-3 нафар ошпаз олиб келди, ош ёки шунга ўхшаш таомлар камайтирилган"  12

Mirjalol Qosimov: "Yurib futbol o'ynaydigan paytlar o'tib ketdi" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "Yurib futbol o'ynaydigan paytlar o'tib ketdi"

Superliga 19-turidan o'rin olgan "Dinamo" - OKMK (1:0) uchrashuvidan so'ng OKMK bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida fikringiz?

- Qiziqarli o'yin kutgandik. Mag'lubiyatga loyiq emasdik. Birinchi bo'limda ikkita qulay vaziyatga ega bo'ldik. "Dinamo"ni o'rganib chiqib qarshi hujumlarda yaxshi o'ynashini bilardik. O'z xatoimiz tufayli gol o'tkazib yubordik. Ikkinchi bo'limda vaziyatni o'nglashga harakat qildik, lekin uddasidan chiqmadik. O'tgan o'yinda ham to'p kirita olmagandik, bugun ham shunday bo'ldi. "Dinamo"ni g'alaba bilan tabriklayman. Bugun bu jamoa yaxshi himoyalandi.

- Turnir jadvalida juda zich holat yuzaga kelgan. Shu haqda fikringiz?

- Hali hammasi oldinda. Buyog'iga har bir ochko uchun shunday shiddat kechadi. Navbatchi o'yinlar umuman qolmadi. Superligada 7ta jamoa bilan 9ta jamoa ajralib qoldi. Kimdir quyida jon saqlash uchun, kimdir yuqorida chempionlik uchun harakat qilyapti. Bizda ham o'yinlar ko'p va to'xtab qolmaymiz.

- OKMK bu mavsum bir necha bor kambek amalga oshirdi. Bugun ham shunga yaqindek ko'rindi.

- Futbolda gol urish o'yin o'zgarishiga sabab bo'ladi. Lekin zich himoyani yorib o'tish oson emas. "Dinamo" gol urgach zich himoyaga o'tdi, bu esa bizga muammolar keltirdi.

- Uzoq muddatdan keyin Sardor Mirzaev o'yin qaydnomasiga kiritildi. U qachon maydonga tushadi?

- Sardor Mirzaev og'ir jarohatdan so'ng tiklanishga majbur bo'ldi. Jarohatdan tuzalib birdaniga o'ynab ketish oson emas. Baribir miyada ozroq qo'rquv bo'ladi. Futbol kurashli o'yin. Mirzaevda tajriba katta va u jamoamizdagi yoshlarga yaxshi o'rnak bo'lib kelyapti.

- Hozirgi turnir jadvali futbolimiz darajasi yaxshi deyishga asos bo'ladi, to'g'rimi?

- Kim aytdi yomon deb. Bir gapni aytaman, chetdan kelayotgan ko'p legionerlar O'zbekistonda piyoda yurib futbol o'ynayman deb o'ylaydi. Lekin ko'ryapmizki, hamma yuguryapti. Yurib futbol o'ynaydigan paytlar o'tib ketdi. Bu ham chempionatimmiz darajasidan. O'z futbolimizni aslo pastga urishimiz kerak emas.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика