So’nggi yangiliklar

03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  0 03:11АПЛ. МЮ уч марта ҳисобда олдинга чиқиб олди, аммо барибир ғалаба қозона олмади  2 01:50Собиқ ҳакам Фернандес Винисиуснинг "Алавес" жарима майдончасида йиқилиши ҳақида: "Яққол пенальти"  1 00:43Рустам Ашурматов дисквалификация сабаб кейинги турни ўтказиб юборади  0 00:25"Манчестер Юнайтед" - "Борнмут". Асосий таркиблар эълон қилинди  13 23:34Гехи – "Ман Сити"нинг ҳимоядаги асосий трансфер мақсади  1 22:40"Реал"да Алонсонинг хато қилишга ҳаққи йўқ. Клуб мураббийни натижалар имкон бергунича олиб қолмоқчи, бироқ лойиҳа борасида шубҳалар мавжуд  2 22:07Отабек Шукуров: "Бош мураббий Европадан 2-3 нафар ошпаз олиб келди, ош ёки шунга ўхшаш таомлар камайтирилган"  7 21:27Перес "Алавес" билан ўйиндаги VAR ҳаками ҳақида: "У Кубок финали арафасида "Реал"га қарши чора кўриш билан таҳдид қилганди. Мана энди ..."  13 20:4641 ёшли Тиаго Силва Европага қайтишга тайёр  2 20:22Эрон чемпионати. "Хайбар" ва "Истиқлол" муроса кўчасини танлади, Ашурматов тўлиқ ўйнади  1 19:46Жоау Канселу самолётда уни телефонга олаётган йўловчига ташланди  2 19:20"Сандерленд" ўз стадиони таблосига "Ньюкасл" гербини жойлаштиришдан бош тортди – дерби тарихига назар  2 19:08"Арқадағ" мавсумдаги барча ўйинда ғалаба қозониб, учинчи бор Туркманистон чемпиони бўлди  28 18:46"Аякс" "Арсенал" собиқ ҳимоячиси билан шартнома имзоламоқда — Here We Go!  0

Ro'ziqul Berdiev: "Maqsadimiz chempionlikni o'zimizda saqlab qolish" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Maqsadimiz chempionlikni o'zimizda saqlab qolish"

Superliga 19-turidan o'rin olgan "Nasaf" - "Sho'rtan" (2:0) uchrashuvidan so'ng "Nasaf" bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida fikringiz?

- Autsayder jamoalar bilan o'ynaganda ruhiy tayyorgarlik etarlicha bo'lmaydi. Bu haqda ko'p marta gapirganimiz bilan futbolchilarning ham o'yinga o'z ruhiy qarashi bor. Bu holat birinchi bo'limda yaqqol ko'zga tashlandi. "Sho'rtan" 5-4-1 taktikasi bilan himoyalanganda bizga raqib himoyasini yorib o'tish oson bo'lmadi. Lekin oxirigacha sabr qilib birinchi golni urib oldik. Shundan keyin ustunlik to'liq jamoamiz tomonga o'tib kerakli g'alabani qo'lga kiritdik.

- Javohir Sidiqov bilan Oybek Bozorovning maydonga tushmagani sababi nimada? 

- Qanotlarda tezkor o'yinchilardan foydalanishni maqsad qilgandik. Oybek Bozorov Farg'onadagi bahsda jarohat oldi, Javohirda ham kichik jarohat bor.

- Yangi legionerlar haqida nima deya olasiz?

- Jamoamizga yaqinda qo'shilgan xorijlik futbolchimiz ikki kun umumjamoa bilan shug'ullandi. Holati yomon emas, faqat o'yin amaliyoti kamligi uchun sekin-asta optimal holatga chiqarishga harakat qilamiz.

- Igor Golban 85-daqiqada maydonga tushdi.

- O'yin oxirlarida uzun to'p oshirishlar bilan o'ynashga o'tildi. Qolaversa Golban bosh bilan yaxshi o'ynagani uchun ham foydasi tegishini bilib maydonga tushirdik.

- "Nasaf"ning Superligadagi raqiblari jonlanib ancha yaqinlashib qoldi. Buyoqda qiyin o'yinlar, shu bilan birga Elit Osiyo chempionlar ligasi borligini hisobga olib "Nasaf" chempionlikni qo'ldan boy berib qo'ymasmikin degan qo'rquv yo'qmi?

- Biz xotirjammiz. Imkon qadar birinchi o'rindan tushmaslikka harakat qilamiz. Maqsadimiz titulni o'zimizda saqlab qolish. To'g'ri, ochkolar yo'qotdik, lekin o'yin tomonlama har ikki taqibchimizdan yaxshi ekanimizni ko'rsata oldik. Hali oldinda muhim bellashuvlar kutyapti, Osiyoning eng yaxshi jamoalari bilan o'ynaymiz va bu bahslarda ham o'zimizni ko'rsatishga harakat qilamiz.

- Oldinda "Surxon"ga qarshi jiddiy o'yin kutmoqda.

- Biz har bir uchrashuvga jiddiy yondashamiz. Raqiblarimiz kuchli. Termizdan ham yaxshi natija bilan qaytishga harakat qilamiz. Keyinchalik yo'qotilgan har bir ochko qimmatga tushishi mumkin. Buni ham hisobga olish darkor.

- Nima deb o'ylaysiz, jamoaga inson ruhiyati bilan ishlaydigan psixolog yoki shunga o'xshash kasb egalarini jalb etish kerakmi?

- Futbolda avvalambor bosh murabbiyning o'zi ruhshunos bo'lishi kerak degan gap bor. Chunki o'yinchilarni murabbiy tayyorlaydi va o'z fikrini ruhan futbolchilar miyasiga singdirishga harakat qiladi. Lekin bazan qanchalik uqtirmang, futbolchilar ichidan raqib kuchsiz degan xayol o'tadi. Hozircha hech bir jamoada psixolog murabbiyni ko'rmadim, shu bois kerakmi-yo'qmi aniq bir narsa deya olmayman.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика