So’nggi yangiliklar

10:42Алонсонинг ўрнига яна бир даъвогар пайдо бўлди  1 10:15"Навбаҳор" келаси мавсум уй учрашувларини қайси стадионда ўтказиши маълум  2 09:46Кечаги аламли натижадан сўнг Аморим нималар деди?  2 09:18ОКМК етакчиларидан бир легионер бўлишга яқин  1 08:50The Best 2025. ФИФАнинг 2025 йилнинг энг яхши футболчиси соврини учун номзодлар рўйхати эълон қилинди  10 08:17"Андижон" етакчиларидан бир фаолиятини Тошкентда давом эттиради  3 07:46Суперлига плей-офф. Бугун келаси мавсумнинг сўнгги Суперлига иштирокчиси аниқланади  14 03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  1 03:11АПЛ. МЮ уч марта ҳисобда олдинга чиқиб олди, аммо барибир ғалаба қозона олмади  12 01:50Собиқ ҳакам Фернандес Винисиуснинг "Алавес" жарима майдончасида йиқилиши ҳақида: "Яққол пенальти"  11 00:43Рустам Ашурматов дисквалификация сабаб кейинги турни ўтказиб юборади  0 00:25"Манчестер Юнайтед" - "Борнмут". Асосий таркиблар эълон қилинди  13 23:34Гехи – "Ман Сити"нинг ҳимоядаги асосий трансфер мақсади  4 22:40"Реал"да Алонсонинг хато қилишга ҳаққи йўқ. Клуб мураббийни натижалар имкон бергунича олиб қолмоқчи, бироқ лойиҳа борасида шубҳалар мавжуд  3 22:07Отабек Шукуров: "Бош мураббий Европадан 2-3 нафар ошпаз олиб келди, ош ёки шунга ўхшаш таомлар камайтирилган"  12

"Nasaf" Qashqadaryo derbisida "Sho'rtan"ni mag'lub etdi Yangiliklar

"Nasaf" Qashqadaryo derbisida "Sho'rtan"ni mag'lub etdi

Birozdan so'ng Superliga 19-tur doirasidagi "Nasaf" - "Sho'rtan" o'yini yakunlandi.

“Nasaf” — “Sho'rtan” 2:0 
Gol: 61- Sharof Muhitdinov (Zafarmurod Abdirahmatov), 65  - Sherzod Nasrullaev (Sharof Muhitdinov)
Bosh hakam: Asker Najafaliev
Yordamchi hakamlar: Artyom Kalinin, Elnur Doniyorov
Zaxira hakami: Shohinur Boymatov
Nazoratchi: Mamur Saidkasimov
VAR: To'rabek Suyunov
AVAR: Zilola Rahmatova
Komissar: Vladimir Nazarov

"Nasaf": 35.Abduvohid Nematov, 5.G'olib G'aybullaev, 6.Murodbek Rahmatov (2.Alibek Davronov,46), 7.Adenis Shala (8.Zafarmurod Abdirahmatov, 46), 10.Dragan Cheran, 14.Sharof Muhitdinov, 18.Husayn Norchaev (20.Yusuf Otubanjo,46), 19.Stefan Cholovich  (34.Sherzod Nasrullaev, 46), 24.Sardorbek Bahromov (22.Igor Golban,85), 28.Shuhrat Muhammadiev, 92.Umarbek Eshmurodov (s)

Zaxira: 1.Oleksandr Vorobey,    33.Bahodir Halilov, 55.Diyorbek Abdunazarov, 80.Davronbek Usmonov

"Sho'rtan": 35.Sherzodbek Abduraimov, 3.Shoxjahon Sultonmurodov (19.Nuriddin Hasanov, 71), 4.Ulug'bek Hudoyberdiev, 6.Odilbek Abdumajidov, 8. Abubakrrizo Turdialiev (88.Diyorbek Asomiddinov,89), 9.Po'latxo'ja Xoldorxonov, 22.Sardor Sadullaev, 24.Doniyorjon Narzullaev (s) (10.Timur Mamasiddiqov, 74), 33.Bekjon Rahmatov ( 17.Farruhbek Muxtorov, 74), 55.Azizbek Pirmuhammadov, 79.Mahmud Jo'raboev ( 99.Sardor Saidov,71)

Zaxira: 1.Shoxruhjon Eshbo'taev, 11.Jasur Hakimov, 15.Jo'rabek Mannonov,21.Muhammadaziz Ibrohimov, 

Ogohlantirish: 9 - Odil Abdumajidov, 43 - Sharof Muhitdinov,  45+2- Mahmud Jo'raboev, 45+5 - Sardor Bahromov 


YANGILASH


Uchrashuv yakunlandi. Ro'ziqul Berdievning ikkinchi bo'limning boshida qilgan o'zgarishlari uchrashuv taqdirini o'zgartirib yubordi. "Nasaf" o'z uyida "Sho'rtan"ni mag'lub etdi va turnir jadvalining birinchi o'rniga qaytdi

89. Turdalievning o'rniga Asomiddinov maydonga tushdi

87. Nuriddin Xasanov kuchli zarba yo'lladi, Nematovdan seyv

85. Bahromovning o'rniga Golban maydonga tushdi

79. Muxtorov uzoqdan zarba yo'llab ko'rdi, biroq to'p himoyachiga tegmoqda

74. Rahmatovning o'rniga Muxtorov, Narzullaevning o'rniga Mamasidiqov maydonga tushdi

71. Hasanov va Saidov maydonga tushdi. Ular Jo'raboev va Sultonmurodovni alishtirishdi

65. GOOOL. Ikkinchi bo'limda maydonga tushganlar o'yin taqdirini o'zgartirib yubormoqda. Bu safar Sherzod Nasrullaev gol urmoqda

61. GOOOL. Abdurahmatov ikkinchi bo'limdaga maydonga tushdi va ajoyib harakat qildi. Uning ajoyib uzatmasidan so'ng Muhitdinov hisobni ochdi

58. "Nasaf"da ikkita ajoyib vaziyat bo'ldi. Zafarmurodning zarbasi ustunga tegdi. Ustundan qaytgan to'pni Bahromov darvozaga aniq yo'lladi. Abdurahimovdan super seyv

55. Abdurahmatovning uzoqdan yo'llagan zarbasi ancha noaniq ketdi

46. Shala, Rahmatov, Cholovich va Norchaev zaxiraga olindi. Ularning o'rniga Abdurahmatov, Nasrullaev, Davranov va Yusuf Otubanjo maydonga tushdi

46. "Nasaf" bo'limni hujumkor boshladi. Cheranning zarbasini himoyachi qaytarmoqda

Ikkinchi bo'lim boshlandi

Birinchi bo'lim yakunlandi

45+7. Bo'lim so'nggida mehmonlar gol urishlari mumkin edi. Biroq to'p chiziqning yonginasidan qaytdi.

45+5. Ogohlantirish. Bu safar Sardor Bahromov ogohlantirildi

45+2. Ogohlantirish. Mahmud Jo'raboev bo'lim so'nggida sariq olmoqda. Birinchi bo'lim xavfli hujumlardan ko'ra ko'proq xavfli qo'polliklar bilan esda qoldi

45. Hakam birinchi bo'limdagi to'xtalishlar uchun 5 daqiqa qo'shib berdi

45. Najafaliev VARni ko'rgani manitorga bordi. Muhitdinovning qo'poligi so'nggi umid qo'polligi sifatida ko'rilmoqda. Asker vaziyatni bir nechta rakursdan ko'rdi va Sharofga ko'rsatilgan sariq o'zgarishsiz qoldi

43. Ogohlantirish. Bu safar Sharof Muhitdinov hakam tomonidan ogohlantirildi

40. Shalaning zarbasini darvozabon ushlab oldi. Bu uchrashuvdagi ilk aniq zarba. Biroq zarba juda sekin chiqanini ham inobatga olib qo'yish lozim

30. Xoldorxonov burchakdan yaxshi uzatmani amalga oshirdi, Eshmurodov qiyinchilik bilan to'pni qaytardi

26. Uchrashuvda vaziyatlar deyarli yo'q. "Sho'rtan" yaxshi himoyalanmoqda. "Nasaf" esa hujum qilishda qiyinchilikka uchramoqda

Bugungi uchrashuvda mezbonlardan hech kim jarohat olmasa, bo'lgani. Sababi mehmonlar juda keskin futbol namoyish etishmoqda

15. "Ajdar"lar ustunlikka ega bo'lmoqda. Biroq hozircha aniq zarba yo'llangani yo'q

12. Mehmonlar vakillari mayda uzatmalarda juda ko'p xatoga yo'l qo'shimoqda. Bahromovning zarbasi himoyachiga tegdi va burchakka chiqib ketdi

9. Ogohlantirish. Odil Abdumajidov Cheranga qarshi qo'pol o'ynadi va ogohlantirildi

2. Ilk xavfli hujumni mehmonlar tashkil qildi. Mahmud Jo'raboev darvozabon bilan birga bir chiqdi, biroq Eshmurodov himoyada yaxshi harakat qildi

Uchrashuv boshlandi!

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика