Giorgi Papava: "Paxtakor"ga qarshi qanday o'ynashni va mag'lub etishni o'rganib oldik"
06 avg 14:22
Yangiliklar


Giorgi Papava: "Paxtakor"ga qarshi qanday o'ynashni va mag'lub etishni o'rganib oldik"
"Superligada har bir o'yin qiyin kechmoqda. Raqib kim bo'lishidan qati nazar. So'nggi yillarda "Paxtakor"ga qarshi qanday o'ynashni va mag'lub etishni o'rganib oldik. Ikki jamoa ham ko'plab vaziyatlarga ega bo'ldi. Teng kurashlar ostida kechgan o'yinda o'z vaziyatlarimizdan yaxshiroq foydalandik va shu sabab g'alaba qozondik deb o'ylayman.
Bir oylik tanaffus davomida ikkinchi davraga ancha jiddiy tayyorgarlik ko'rdik. Oldinda yana qiyin olti oy bor. Butun jamoa qattiq mehnat qildi. Tayyorgarlikning natijasi endi g'alabalar sifatiga keladi degan umiddaman.
Iyun oyida biz keraksiz joyda ko'p ochkolar yo'qotdik va shu sababli musobaqa jadvalida egallab turgan o'rnimiz o'zgarib qoldi. Pastga tushib ketdik, lekin jadval zich va barchasi o'zgarib ketishi mumkin. Maqsadimiz har bir uchrashuvda g'alaba qozonish. Har doim keyingi uchrashuv haqida o'ylab borishimiz kerak" - deya fikr bildirdi Giorgi Papava.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar