Hakim Fuzaylov: "Futbolchilarimizga ozgina dadillik etishmadi"
08 avg 22:18
Yangiliklar
Hakim Fuzaylov: "Futbolchilarimizga ozgina dadillik etishmadi"
Superliga 17-turidan o'rin olgan "Xorazm" - "Surxon" (2:2) uchrashuvidan so'ng "Xorazm" bosh murabbiyi Hakim Fuzaylov matbuot anjumanida ishtirok etdi.
- O'yin haqida fikringiz?
- O'yin haqida nima deyishim mumkin, biz Superligada qolish uchun har bir bahsda jang olib boryapmiz. Bugun esa ikki ochko yo'qotdik deb o'ylayman, chunki yaxshi harakat qildik, biroq futbolchilarimizga ozgina dadillik etishmadi. Issiq ob-havoda har uchinchi-to'rtinchi yoki to'rtinchi-beshinchi kunda maydonga tushishimizga to'g'ri kelyapti. Bunday vaziyatda asosiy etibor tiklanishga qaratiladi. Vaziyatlar bo'ldi, faqat gol urishimiz kerak edi. Jamoamizga biroz omad ham etishmadi. Keyingi o'yinlarda g'alaba qozonishga harakat qilamiz.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Сельта"га мағлуб бўлди, Гарсия ва Кассерас қизил карточка олди
Месси ўз рекордини янгилашда давом этмоқда
Алонсо кечаги мағлубиятдан сўнг ҳакамни кескин танқид қилди
Ла Лига. "Бетис" ва "Барселона" ўртасидаги ўйинда 8 та гол урилди, Торресдан хет-трик
Fikrlar