So’nggi yangiliklar

03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  0 03:11АПЛ. МЮ уч марта ҳисобда олдинга чиқиб олди, аммо барибир ғалаба қозона олмади  2 01:50Собиқ ҳакам Фернандес Винисиуснинг "Алавес" жарима майдончасида йиқилиши ҳақида: "Яққол пенальти"  1 00:43Рустам Ашурматов дисквалификация сабаб кейинги турни ўтказиб юборади  0 00:25"Манчестер Юнайтед" - "Борнмут". Асосий таркиблар эълон қилинди  13 23:34Гехи – "Ман Сити"нинг ҳимоядаги асосий трансфер мақсади  1 22:40"Реал"да Алонсонинг хато қилишга ҳаққи йўқ. Клуб мураббийни натижалар имкон бергунича олиб қолмоқчи, бироқ лойиҳа борасида шубҳалар мавжуд  2 22:07Отабек Шукуров: "Бош мураббий Европадан 2-3 нафар ошпаз олиб келди, ош ёки шунга ўхшаш таомлар камайтирилган"  7 21:27Перес "Алавес" билан ўйиндаги VAR ҳаками ҳақида: "У Кубок финали арафасида "Реал"га қарши чора кўриш билан таҳдид қилганди. Мана энди ..."  13 20:4641 ёшли Тиаго Силва Европага қайтишга тайёр  2 20:22Эрон чемпионати. "Хайбар" ва "Истиқлол" муроса кўчасини танлади, Ашурматов тўлиқ ўйнади  1 19:46Жоау Канселу самолётда уни телефонга олаётган йўловчига ташланди  2 19:20"Сандерленд" ўз стадиони таблосига "Ньюкасл" гербини жойлаштиришдан бош тортди – дерби тарихига назар  2 19:08"Арқадағ" мавсумдаги барча ўйинда ғалаба қозониб, учинчи бор Туркманистон чемпиони бўлди  28 18:46"Аякс" "Арсенал" собиқ ҳимоячиси билан шартнома имзоламоқда — Here We Go!  0

Eldor Moyliev: "Nasaf" himoyasini yorib o'tish bizga qiyin bo'ldi" Yangiliklar

Eldor Moyliev: "Nasaf" himoyasini yorib o'tish bizga qiyin bo'ldi"

Superliga 19-turidan o'rin olgan "Nasaf" - "Sho'rtan" (2:0) uchrashuvidan so'ng "Sho'rtan" bosh murabbiyi Eldor Moyliev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida fikringiz?

- Bugungi uchrashuvda reja bo'yicha qarshi hujumlardan foydalanmoqchi edik. Birinchi bo'limda buni udalaladik. Yaxshi himoyalandik. Vaziyatlar ham bo'ldi, ammo unumli foydalana olmadik. Burchak to'pidan keyin gol urishimiz mumkin edi. Ikkinchi bo'limda esa ozroq diqqat-etiborni yo'qotdik. Tayanch yarim himoyachilarimiz o'tkazib yuborilgan golda yordamga kelishi kerak edi, lekin diqqatni yo'qotib qo'ydik. Ikkinchi gol o'z xatoimiz tufayli yuz berdi. "Nasaf" himoyasini yorib o'tish bizga qiyin bo'ldi. Raqibni haqli g'alaba bilan tabriklayman.

- Jamoangizda tajribali futbolchilar bor, lekin ularni kam maydonga tushiryapsiz.

- Jasur Hakimov hozircha individual mashg'ulot olib boryapti. Nuriddin Hasanov ham endi jarohatdan sog'ayib undan foydalanishni boshladik. Keyingi uchrashuvlarda ham foydalanishga harakat qilamiz.

- Anvar Berdiev jamoadan ketgach, qaysi chiziqlarni o'zgartirdingiz?

- Asosan markaziy yarim himoyachilar va hujumchilarni taklif qildik. Bir-ikki nafar legioner olmoqchi edik o'xshamay qoldi. To'g'risi, o'zimiz ko'zlagan futbolchilarni chaqira olmadik. Yoshlar bilan nimadir qilishga harakat qilyapmiz.

- "Sho'rtan" birinchi davra oxirlarida yaxshi edi, biroq ikkinchi davra boshlangach yana omad yuz o'gira boshladi. Agar ertaga "Buxoro" g'alaba qozonadigan bo'lsa, 7 ochkoga ilgarilab ketadi.

- Ikkinchi davraga tayyorgarlikni ko'p yangi futbolchilar bilan boshladik va jamoaga birdaniga kirishib ketish oson bo'lmayapti. O'z maydonimizda yaxshi o'ynab faqat qarshi hujumlar tufayli gol o'tkazib yuboryapmiz. Uyda "Xorazm" va "Qo'qon-1912" bilan 6 ochkoli o'yinlarda yaxshi o'ynay olmadik.

- "Sho'rtan" shu paytgacha 35ta gol o'tkazdi.

- Buni yaqqol darvozabon yoki himoyachilar xatosi demayman. Zamonaviy futbolda jamoaviy himoyalanish kerak. Hujumchilar va yarim himoyachilar ortga qaytib yordam bermasa gol o'tkazmasdan o'ynash juda qiyin bo'ladi. Bunda barchamizning xatoimiz bor.

- "Sho'rtan"ning Superligada qolish imkoniyati bormi? 

- Hali imkoniyat yo'qotilgani yo'q. Nafaqat bizga, balki boshqa jamoalarga ham qiyin bo'ladi. Biz esa oxirigacha kurashishga harakat qilamiz.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика