Hakim Fuzaylov "Xorazm"ning ushbu mavsumdagi maqsadini aytdi
03 avg 22:40
Yangiliklar
Hakim Fuzaylov "Xorazm"ning ushbu mavsumdagi maqsadini aytdi
- Kichik tanaffusdan keyin mana o'yinlar ham boshlandi. Biz uchun juda muhim bo'lgan g'alabani qo'lga kiritgani uchun futbolchilardan minnatdorman. O'yin etarlicha qiyin bo'ldi. O'zi barcha o'yinlar bosim ostida o'tmoqda. Bu mavsum yakunigacha shunday davom etsa kerak. Futbolchilar bugun yaxshi o'ynashdi, o'zlarini o'yinga bahsh qila olishdi. Shuningdek, uzoq yo'l bosib o'tib, bizni qo'llab-quvvatlagan barcha muxlislarga rahmat aytaman.
- Artyom Potapovning ijaraga olinishida sizning ham tashabbusingiz bormi?
- Umuman olganda Potapovni mavsum boshida tarkibimizda ko'rmoqchi edik. Biroq bu amalga oshmagandi, chunki uning shartnomasi bor edi. Mana endi o'xshadi. Bilaman, u juda tajribali. O'zbekistonda legioner darvozabonlar orasidagi eng zo'ri. Bugun u yaxshi o'ynadi. Keyinchalik bu jihat jamoaga yordam bera oladi.

- O'tkazib yuborilgan golda himoyachilar ofsaydni yuzaga keltirishda xatolikka yo'l qo'ydi. Ushbu golga fikringiz qanday?
- Men turgan joydan bu ko'rinmadi. Agarda ofsayd bo'ldi degan fikrda bo'lsangiz, gol baribir inobatga olindi. Ular bilan bahslashish juda qiyin. Agarda ofsayd bo'lmagan bo'lsa, bu himoyachining pozicion xatosi bo'ladi. Bunga o'xshagan holatlar birinchi marta bo'layotgani yo'q. Sxemani o'zgartirdik, shu sababli himoyada yaxshiroq o'ynadik.
- "Xorazm"dan mavsum yakunigacha qanday natijalar kutyapsiz?
- Ilk kunlardanoq jamoani Superligada saqlab qolish vazifasi qo'yilgandi. Bugungi o'yinda ham mavsum yakuniga qadar ham shunday.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Сельта"га мағлуб бўлди, Гарсия ва Кассерас қизил карточка олди
Месси ўз рекордини янгилашда давом этмоқда
Алонсо кечаги мағлубиятдан сўнг ҳакамни кескин танқид қилди
Ла Лига. "Бетис" ва "Барселона" ўртасидаги ўйинда 8 та гол урилди, Торресдан хет-трик
Fikrlar