Ruben Sanches: "Qadam-baqadam oldinga yurishimiz lozim"
06 avg 14:52
Yangiliklar


Ruben Sanches: "Qadam-baqadam oldinga yurishimiz lozim"
"O'yin juda qiyin kechdi. Biz bu uchrashuvga yaxshi tayyorgarlik ko'rgandik. Ikkinchi bo'limda "Paxtakor" hujumga zo'r berganida biroz qiynaldik, ammo biz o'z vaziyatimizni kutdik va undan foydalandik. G'alaba qozonganimizdan xursandman.
Biz Olmaliqda mini yig'in o'tkazdik, xuddi mavsum oldi tayyorgarlikdek. Jismoniy jihat ustida ko'p ishladik. O'ylaymanki, barcha futbolchilar alo darajadagi jismoniy holatda va ushbu jihat ikkinchi bo'limda ham ko'zga tashlandi. Zaxiradagi o'yinchilar maydonga tushgach, jamoamizda yana kuch ko'paydi va biz g'alabaga erishdik.
Biz o'yindan-o'yinga qarab boramiz. G'alaba qozonishni boshlaganimizda, darhol medallar uchun kurash haqida bosh qotirmasligimiz kerak. Qadam-baqadam oldinga yurishimiz lozim, shunda maqsadlar o'z-o'zidan paydo bo'ladi. Maqsadimiz tabiiyki yuqori" - dedi "Paxtakor" darvozasiga "dubl" qayd etgan Ruben Sanches.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar