So’nggi yangiliklar

07:59Грузиялик тўпурар ярим ҳимоячи водий жамоаси билан шартнома имзолади  1 07:31Ўткир Юсуповнинг "Фулад"даги тақдири маълум бўлди  1 02:57Ла Лига. Мбаппе ва Родригонинг голи "Реал"га меҳмонда "Алавес" устидан ғалабани тақдим этди  19 02:37А Серия. "Ювентус" меҳмонда "Болонья" устидан минимал ғалабага эришди  3 02:18Бутун дунёни асабига ўйнаган вазир ёҳуд Мессининг Хиндистондаги "дўсти"  8 00:28Туркия Суперлигаси. Шомуродов тўпурарлик пойгасида етакчи бўлиб олди  6 00:06А Серия. "Интер" меҳмонда ғалабага эришди  1 23:58Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди  46 23:49Бундеслига. "Бавария" ва "Боруссия" рақибларини мағлуб эта олмади  1 23:05Хосеп Гвардиола АПЛда Алекс Фергюсоннинг рекордини янгилади  1 22:38"Тоттенхэм” испаниялик футболчи учун 70 млн евро таклиф қилди  0 22:10Саудия Арабистони шаҳзодаси "Барселона"ни сотиб олиши мумкин  22 21:39А Серия. "Наполи" меҳмонда "Удинезе"га мағлуб бўлди  1 21:09АПЛ. "Ман Сити" йирик ғалабага эришди, Ҳусанов захирада қолдирилди, "Тоттенхэм"да эса йирик ҳисобда мағлуб бўлди  37 20:10Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Трактор" ғалабага эришди, Ўрунов ва Ҳамробеков майдонда ҳаракат қилишди  1

Superliga. "Paxtakor" o'z maydonida "So'g'diyona"ni mag'lub etdi Yangiliklar

Superliga. "Paxtakor" o'z maydonida "So'g'diyona"ni mag'lub etdi

Superliganing 19-turidan o'rin olgan "Paxtakor" – "So'g'diyona" uchrashuvi yakunlandi.

Superliga

19-tur

"Paxtakor" – "So'g'diyona" 2:0

Toshkent. "Jar" stadioni. 19:00

Bosh hakam: Firdavs Norsafarov

Yordamchi hakamlar: Zufar Eliboev, Farhod Usmonov

Zaxira hakami: Aziz Jumanov

Nazoratchi: Bobur Haydarov

VAR: Ibrohim Ismoilov

AVAR: Kristina Sereda

Komissar: Shahzod Xolboev

Gollar: 1:0 – 14, Ibrohim Ibragimov (penalti), 2:0 – 73, Hojiakbar Alijonov

"Paxtakor": 12.Vladimir Nazarov, 4.Zaid Tahsin, 7.Hojiakbar Alijonov, 8.Diyor Xolmatov (17.Dostonbek Hamdamov, 82), 9.Ibrohim Ibragimov, 18.Bobir Abdixoliqov (11.Igor Sergeev, 46), 21.Bashar Resan (15.Hojimat Erkinov, 46), 50.Flamarion (10.Aziz Turg'unboev, 71), 55.Muhammadrasul Abdumajidov, 77.Dilshod Saitov, 94.Brayan Riaskos (23.Abdurauf Bo'riev, 71)

Zaxira: 19.Jonatan Luis, 2.Behruz Asqarov, 5.Muhammadqodir Hamraliev, 20.Dilshod Abdullaev

"So'g'diyona": 27.Milan Mitrovich, 2.Zoir Jo'raboev, 3.Islomjon Qobilov (7.Xondamir Mustafoqulov, 62), 4.Otabek Ahadov, 8.Suhrob Izzatov, 10.Shoxruhbek Abdurahmonov (9.Samandar Mavlonqulov, 62), 13.Filip Ivanovich, 14.Lyupcho Doriev, 19.Javohir Qahramonov, 70.Jasur Jaloliddinov (99.Umid Sultonov, 88), 98.Rubin Xebay (18.Oybek Nurmatov, 74)

Zaxira: 21.Muhammadyusuf Sobirov, 5.Behruz Jumatov, 28.Stanislav Andreev, 32.Nodirjon Soyibov, 33.Sardor Rahmonov

Ogohlantirish: Muhammadrasul Abdumajidov (43), Suhrob Izzatov (90+3)

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

O'yin yakunlandi.

90+1. Hamdamovning zarbasi darvoza ustunidan qaytdi.

90. Ikkinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shildi.

88. "So'g'diyona"da o'zgarish.

82. Jaloliddinovning jarimadan tepgan to'pi darvoza ustuni yonidan o'tib ketdi.

80. Turg'unboev tepgan to'pni Mitrovich ushlab oldi.

78. Burchak uzatmasidan so'ng Ivanovich bosh bilan noaniq zarba yo'lladi.

74. "So'g'diyona"da o'zgarish.

73. GOL! Alijonov chap oyoqda "So'g'diyona" darvozasining yuqori burchagini aniq nishonga oldi! 


71. "Paxtakor"da ikki o'zgarish.

70. Jaloliddinovning zarbasini Nazarov ushlab oldi.

66. "So'g'dina" burchak uzatmasi zarba bilan yakunlandi. Nazarov o'z o'rnida.

62. "So'g'diyona"da ikki o'zgarish.

59. Jaloliddinovning jarimadan uzatmasi noaniq zarba bilan yakunlandi. 

55. Jaloliddinovning zarbasi noaniq.

50. Abdurahmonov o'ta qulay vaziyatda aniq zarba yo'llay olmadi.

48. Xebayning zarbasini Nazarov qaytardi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi. "Paxtakor"da ikki o'zgarish.

Taym yakunlandi.

45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shildi.

43. Abdumajidov Xebayni yiqitgani uchun ogohlantirildi.

39. Jo'raobevning uzatmasini Xebay bosh bilan darvozaga to'g'rilab qo'ya olmadi.

38. Abdixoliqov markazda Ivanovichga nisbatan fol ishlatdi.

33. Dorievning chap oyoqdagi zarbasiga aniqlik etishmadi.

29. Flamarion burchakdan uzatgan to'pni Tahsin bosh bilan darvozaga yo'lladi, noaniq. 

26. Abdurahmonovning zarbasi noaniq.

25. Dorievning jarima maydonida chap oyoqda yo'llagan zarbasi noaniq.

20. Alijonov raqib darvozaboni oldinroqqa chiqqanini payqadi va qanotdan darvozani ishg'ol qilmoqchi bo'ldi, Mitrovich to'pni qaytardi.

20. Xolmatovning jarima maydoni tashqarisidan yo'llagan zarbasi noaniq.

19. Jaloliddinovning jarimadan uzatmasidan so'ng Ivanovichdan bosh bilan noaniq zarba. 

16. Qobilovga nisbatan fol ishlatildi.

14. GOL! Ibragimov penaltini aniq amalga oshirib, hisobni ochdi! Mitrovich to'p yo'nalishini topdi, ammo qaytara olmadi.


12. "So'g'diyona" darvozasiga penalti belgilandi. Qobilov jarima maydonida Resanni yiqitdi.

11. Resanning chap qanotdan yo'llagan zarbasiga aniqlik etishmadi.

8. Yana burchak uzatmasi, bu safar Riaskosdan bosh bilan noaniq zarba.

6. Flamarionning burchakdan uzatgan to'piga Tahsin bosh bilan noaniq zarba yo'lladi.

3. Mitrovichdan navbatdagi seyv! Bu gal Riaskosning uzatmasidan so'ng Flamarion tomonidan yo'llangan yaqin masofadan zarbani "So'g'diyona" posboni qaytardi.

2. Zarba! Alijonovning uzatmasini Abdixoliqov darvozaga to'g'rilab qo'ymoqchi bo'ldi, Mitrovich qiyinchilik bilan to'pni qaytardi.

1. O'yin boshlandi. 

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика