Lyovdan rad javobini olgan O'zbekiston UEFA kubogini qo'lga kiritgan murabbiyga taklif bilan chiqdi
16 avg 2025 12:45
Yangiliklar
Lyovdan rad javobini olgan O'zbekiston UEFA kubogini qo'lga kiritgan murabbiyga taklif bilan chiqdi
Championat.asia saytining xorijiy manbalarga tayanib xabar berishicha, O'FA terma jamoaga Fotih Terimni bosh murabbiy qilib tayinlamoqchi. 71 yoshli mutaxassis Markaziy Osiyo mamlakatidan kelgan taklifni ko'rib chiqish uchun vaqt so'ragan.

2008 va 2016 yilgi Evropa chempionatlarida Turkiya terma jamoasida ishlagan, "Galatasaroy" bilan UEFA kubogini qo'lga kiritgan, Italiyada "Fiorentina" va "Milan," Greciyada "Panatinaikos" kabi jamoalarni boshqargan 71 yoshli murabbiy shu paytgacha hech qachon jahon chempionatida ishtirok etmagan.
Terimning taklifni qabul qilish-qilmasligi yaqin vaqt ichida aniq bo'ladi. Hozircha hech qanday raqam yoki muddat haqida gap yo'q. Agar u rozi bo'lsa, darhol ishga kirishadi.
Eslatib o'tamiz, Fotih Terimning so'nggi ish joyi Saudiya Arabistonining "Al Shabab" klubi hisoblanib, mutaxassis u erda yarim yil ishladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
"Пахтакор" Суперкубокдаги ҳакамлик устидан шикоят киритди
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar