So’nggi yangiliklar

10:42Алонсонинг ўрнига яна бир даъвогар пайдо бўлди  1 10:15"Навбаҳор" келаси мавсум уй учрашувларини қайси стадионда ўтказиши маълум  2 09:46Кечаги аламли натижадан сўнг Аморим нималар деди?  2 09:18ОКМК етакчиларидан бир легионер бўлишга яқин  1 08:50The Best 2025. ФИФАнинг 2025 йилнинг энг яхши футболчиси соврини учун номзодлар рўйхати эълон қилинди  10 08:17"Андижон" етакчиларидан бир фаолиятини Тошкентда давом эттиради  3 07:46Суперлига плей-офф. Бугун келаси мавсумнинг сўнгги Суперлига иштирокчиси аниқланади  14 03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  1 03:11АПЛ. МЮ уч марта ҳисобда олдинга чиқиб олди, аммо барибир ғалаба қозона олмади  12 01:50Собиқ ҳакам Фернандес Винисиуснинг "Алавес" жарима майдончасида йиқилиши ҳақида: "Яққол пенальти"  11 00:43Рустам Ашурматов дисквалификация сабаб кейинги турни ўтказиб юборади  0 00:25"Манчестер Юнайтед" - "Борнмут". Асосий таркиблар эълон қилинди  13 23:34Гехи – "Ман Сити"нинг ҳимоядаги асосий трансфер мақсади  4 22:40"Реал"да Алонсонинг хато қилишга ҳаққи йўқ. Клуб мураббийни натижалар имкон бергунича олиб қолмоқчи, бироқ лойиҳа борасида шубҳалар мавжуд  3 22:07Отабек Шукуров: "Бош мураббий Европадан 2-3 нафар ошпаз олиб келди, ош ёки шунга ўхшаш таомлар камайтирилган"  12

Superliga. 100 daqiqa davom etgan vodiy derbisida "Neftchi" Namanganda "Navbahor"ni mag'lub etdi Yangiliklar

Superliga. 100 daqiqa davom etgan vodiy derbisida "Neftchi" Namanganda "Navbahor"ni mag'lub etdi

Superliganing 19-turidan o'rin olgan "Navbahor" - "Neftchi" uchrashuvi boshlanmoqda.

“Navbahor” — “Neftchi” 0:1 
16.08.2025, 18:00
Bosh hakam:
 Akobir Shukurullaev
Yordamchi hakamlar: Baxtiyorxo'ja Shavkatov, Alisher Usmonov
Zaxira hakami: Asadbek Qosimjonov
Nazoratchi: Baxtiyor Tagaev
VAR: Doston Rahmonov
AVAR: Timur Gaynullin
Komissar: Sherzod Rajabov

Gol: Ikrom Aliboev 33, 0:1

"Navbahor": 16. Shukron Yo'ldoshev, 19. Mirzohid G'ofurov (55. Komiljon Tojiddinov,79), 32. Muhammadbobur Mo'ydinov, 36. Gilerme Gedesh, 99. Igor Gabriel ( 8. Shohmalik Komilov, 66), 5. Julio Sezar, 14. Jamshid Boltaboev (12. Saidazamat Mirsaidov, 66), 17. Ruslanbek Jiyanov, 70. Abbos G'ulomov, 9. Zabihillo O'rinboev (29. Pedro Augusto, 79), 11. Muhammadali G'iyosov

Zaxira: 1. Umidjon Ergashev, 7. Azimjon Ahmedov,15. Javohir Abdujabborov, 22. Asadbek Jo'raboev,  33. Jaloliddin Sodiqov.

"Neftchi": 1. Botirali Ergashev, 4. Boyan Ciger, 5. Ikrom Aliboev (24. G'ulom Haydar Gulyamov,89), 6. Ibrohimhalil Yo'ldoshev (32. Zoran Marushich, 90+6), 7. Abror Ismoilov ( 77. Bilolxon Toshmirzaev, 89), 9. Joel Kojo (, 70. Silvanus Nimeli, 65), 10. Jamshid Iskanderov, 20. Anvarjon G'ofurov, 21. Muhsin Ubaydullaev, 22. Alisher Odilov (11. Quvondiq Ro'ziev, 65), 23. Yovan Jokich

Zaxira: 45. Akbar To'raev, 8. Vladimir Yovovich, 15. Shahzodbek Nematjonov,  70. Shoxruh Yoqubjonov.

Ogohlantirish: Julio Sezar ("Navbahor") 29, Ruslan Jiyanov ("Navbahor") 38, Abror Ismoilov ("Neftchi") 45+2, Muhsin Ubaydullaev ("Neftchi") 90+3


MATNLI TRANSLYACIYA

90+10. Uchrashuv yakunlandi.

90+6. "Navbahor"da so'nggi imkoniyatlar, bari samarasiz.

90+5. Ibrohimhalil Yo'ldoshev jarohat olib maydonni tark etdi. Unga maydon tashqarisida yordam ko'rsatilyapti. Uning o'rniga Zoran Marushich tushdi. 

90+3. OGOHLANTIRISH. Muhsin Ubaydullaev, "Neftchi"

90. Ikkinchi bo'limga 6 daqiqa qo'shib berildi.

89. O'ZGARISH. "Neftchi", Abror Ismoilov o'rniga Bilolxon Toshmirzaev, Ikrom Aliboev o'rniga G'ulom Haydar Gulyamov tushdi.

85. Shohmalik Komilovning zarbasi jonli devorga tegdi.

83. "Navbahor"da standart vaziyat. 

79. O'ZGARISH. "Navbahor", Zabihillo O'rinboev o'rniga Pedro, Mirzohid G'ofurov o'rniga Komiljon Tojiddinov tushdi.

76. Iskanderov burchakdan to'pni o'yinga kiritdi. Jokich boshi bilan to'pga ulgurmadi. 

75. ZARBA. Ikrom Aliboevning amalga oshirgan jarima zarbasini Shukron Yo'ldoshev qaytardi. Kuchli zarba va chiroyli seyv.

69. Mezbonlar hisobni tenglashtirish, "Neftchi" hisobni ushlashga harakat qilyapti.

66. O'ZGARISH. "Navbahor", Jamshid Boltaboev o'rniga Saidazamat Mirsaidov, Igor Gabriel o'rniga Shohmalik Komilov tushdi.

65. O'ZGARISH. "Neftchi", Alisher Odilov o'rniga Quvondiq Ro'ziev, Joel Kojo o'rniga Silvanus Nimeli tushdi.

64. OGOHLANTIRISH. Ibrohimhalil Yo'ldoshev Jiyanovga qo'pollik ishlatdi va 

60. Zabihillo O'rinboev jarima zarbasini ijro etdi. To'p jonli devorga tegdi.

59. "Navbahor" juda qulay nuqtada jarima zarbasini ishladi. Ubaydullaev G'ulomovga nisbatan qoidani buzdi. Qani ijrochilar bormi?

57. Odilov boshlab bergan hujumni jamoadoshlari davom ettirdi. "Navbahor" himoyachilari xavfni uzoqlashtirdi.

53. Endi Kojo jarohat oldi. Maydonda kurash kechmoqda.

51. Yovan Jokich va Jamshid Boltaboev o'zaro to'qnashib ketishdi. Jokichga tibbiyot xodimlari yordam berdi.

47. Odilovga tibbiy yordam ko'rsatildi. 

Ikkinchi bo'lim boshlandi. 

Tanaffus!

45+4. "Navbahor" darvozasiga penalti belgilanishi mumkin edi. Hakam VARni eshitganidan so'ng o'yinni davom ettirishni buyurdi. 

45+2. OGOHLANTIRISH. Abror Ismoilov, "Neftchi"

45. Birinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi.

44. "Neftchi"dan yana bir hujum. Ammo samarasiz. Yo'ldoshevning zarbasi noaniq chiqdi.

41. VAR "Neftchi" jarima maydonchasi ichida yuz bergan vaziyatni birrov ko'rib o'tdi. Hech narsa bo'lmagan va o'yin davom etadi.

38. OGOHLANTIRISH. Ruslan Jiyanov, "Navbahor"

35. "Navbahor" faollikni oshirdi. Stadionda muxlislar jamoasini tinimsiz olqishlamoqda. 

33. GOL. Ikrom Aliboev aniq va kutilmagan zarba bilan "Navbahor" darvozasini to'g'ri nishonga oldi. "Neftchi" o'yindagi ustunlikni hisobga ko'chirdi, 0:1

29. OGOHLANTIRISH. Julio Sezar, "Navbahor". U Kojoni qo'pollik bilan to'xtatib qolgandi.

22. Ustunlik farg'onaliklar tomonida. Vitaliy Levchenko shogirdlari raqib darvozasi oldida ketma ket vaziyatlar yaratishyapti.

19. Yana Kojo, yana "Neftchi". Iskanderovning burchakdan etkazib qoyilmaqom uzatmasini Kojo zarbaga aylantirdi. Shukron Yo'ldoshev to'pni qiyinchilik bilan qaytardi.

17. Kojoning "Navbahor" jarima maydonchasi ichida bergan zarbasini "Neftchi" vakillari qaytarishga erishdi.

12. "Neftchi" hujumchisi Joel Kojo katta tezlikda qochib ketib darvozaga zarba berdi. "Navbahor" posboni Shukron Yo'ldoshev to'pga chiqib kelib xavfni bartaraf etdi.

8. Odilovning reydi tez lekin yakun muvaffaqiyatsiz chiqdi. 

5. Jamoalar sekin asta tempni oshirmoqda.

- O'yinga start berildi.

- Jamoalar maydonga chiqib keldi. Olovli derbiga oz qoldi. 

- Vodiy derbisi boshlanishiga barcha narsa shay.

- Uchrashuv 18:00da start oladi. 

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика