So’nggi yangiliklar

23:26ЛаЛиганинг сентябрь ойидаги энг яхши футболчиси эълон қилинди  0 23:05Суперлига. "Хоразм" – "Навбаҳор" 1:1  0 22:53Миржалол Қосимов: "Бугун тўп билан муомала қила олмадик"  1 22:26Баҳром Ҳайдаров: "ОКМКдек жамоани ютиш биз учун катта шараф"  1 22:15U-21 биринчилиги. 23-турда пешқадам ўзгарди, "Бунёдкор"дан 6:1 ва бошқа натижалар  1 21:47Шерзод Жўраев: "Ҳозир кўпроқ футболчиларни руҳан тиклаш устида иш олиб боряпмиз"  5 21:24Ҳаким Фузайлов: "Шогирдларимга охиригача курашишгани учун раҳмат айтаман"  4 21:08Суперлига. ОКМК ўз уйида "Қўқон-1912"га мағлуб бўлди  23 20:53"Ливерпул"нинг ёз учун асосий мақсади аниқ  3 20:22Ўзбекистон U-20 термасининг Қозоғистонга қарши ўйинлар учун қайдномаси маълум қилинди  4 19:49Ламин Ямаль 2-3 ҳафтага сафдан чиқди  11 19:2028 ёшли Матета илк бор Франция терма жамоасига чақирилди  2 18:58Суперлига. Иккита пенальти тепилган беллашувда "Навбаҳор" бир киши кам "Хоразм" билан дуранг ўйнади  25 18:18Ўзбекистон терма жамоаси таркибидан тушиб қолган футболчилар  28 17:54Ўзбекистоннинг Кувайт ва Уругвай билан ўйинлар учун таркиби маълум  49

Hakim Fuzaylov: "Bahs davomida yaqqol ustunlik qila olmadik" Yangiliklar

Hakim Fuzaylov: "Bahs davomida yaqqol ustunlik qila olmadik"

Superliga 18-turidan o'rin olgan "Buxoro" - "Xorazm" (1:1) uchrashuvidan so'ng "Xorazm" bosh murabbiyi Hakim Fuzaylov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida fikringiz?

- Bugun ikkala jamoa ham o'zini ko'rsatishga va chiroyli futbol namoyish etishga harakat qildi. Avval ham aytib o'tgandim, o'yinlar orasi qisqa va vaqtimiz tezroq tiklanib olishga ketib qolyapti. Bahs davomida yaqqol ustunlik qila olmadik va bitta gol urish bilan cheklandik. Hamma o'yinlar biz uchun qiyin bo'lyapti. Menimcha, jamoalar ikki toifaga - medallar uchun kurashadigan va Superligada qolish uchun harakat qiladigan jamoalarga ajralib bo'ldi.

- Abbos Otaxonov jamoaga qnchalik qo'shilib keta oldi?

- U safimizga biroz kech qo'shildi. Abbos bungacha Malayziyada to'p tepayotgandi. U sekin-asta jamoamizga qo'shilib ketadi. Otaxonov tajribali futbolchi bo'lgani bois jamoamizga qo'shilib ketishi ko'p vaqt olmaydi.

- Jamoangiz oxirgi daqiqalarda to'p o'tkazib yubordi.

- Menimcha, bizga ozgina hushyorlik etishmadi. Bu esa tabimizni xira qildi. Albatta, xatolar ustida ishlaymiz. Navbatdagi bahsni Urganchda o'z maydonimizda o'tkazamiz. Bilishimcha, Xorazmda 15 yil oliy liga o'yini bo'lmagandi. Mana endi buning fursati keldi. Ko'p muxlislar kelishidan umidvormiz. Biz esa o'zimizni ko'rsatib g'alaba qozonishga harakat qilamiz. Hozir har bir ochko qadrli. Maqsadimiz esa Superligada o'z o'rnimizni saqlab qolish.

- Statistika shuni ko'rsatyaptiki, "Xorazm" "Buxoro"ga qarshi bungacha bo'lib o'tgan 6ta o'yinning hammasida mag'lubiyatga uchragan ekan.

- "Buxoro" - kuchli jamoa, bu jamoa bejizga Superligada to'p tepayotgani yo'q. Avvalgi o'yinlarga kelsak, har bir mag'lubiyatning o'z sababi bo'ladi. Lekin men o'zim jamoani boshqarmagan yillarda nima bo'lganini bilmayman. Yana bir gapni aytishim mumkin, futbolni pullar o'ynamaydi, futbolni futbolchilar o'ynaydi. Har bir o'yinimizda ishtiyoq etarlicha bo'lyapti, faqat koncentraciyani tez yo'qotib qo'yyapmiz

Reyting:    

Fikrlar

   
14 avg 13:48:58
Hamidbek Samandarov
Бубаняни йу́котларинг шунда галаба козониш осон бу́лади хаммани мехнатини Бир тийин килиб юрибди у́ша думбл
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика