So’nggi yangiliklar

18:57Нкунку "Челси"дан Бундеслигага қайтиши мумкин  0 18:33Жоржиньо ёзда "Арсенал"дан кетади  0 18:11"Футбол олами". Суперлигада қолиш учун кураш авжида ёхуд 25-турдаги барча воқеалар ҳақида   0 17:45ПСЖ Абдуқодир Ҳусановга қизиқиш билдирмоқда  22 17:22"Манчестер Юнайтед" "Вулверхэмптон" ҳужумчисини сотиб олмоқчи  0 16:55Эшитдик-да! Усмон Тошевнинг ўрнини ким эгаллаши маълум  8 16:38"Пахтакор" - ОКМК учрашувида пенальти бормиди? Нега ҳакам "Бунёдкор" футболчисини майдондан четлатмади? 25-тур ўйинларида ҳакамлик фаолияти таҳлили  0 16:14ОКМК устози, "Андижон" посбони ва бошқалар — Суперлигада 25-турнинг энг яхшилари  0 15:48"Андижон"дан уч, ОКМКдан икки футболчи — Суперлига 25-тур рамзий терма жамоаси  0 15:41Викарио қанчага сафдан чиққани маълум — клуб қишда "бозорга чиқади"  3 15:07"Кристал Пэлас" "Ювентус" қизиқаётган Эзенинг нархини белгилади  1 14:42"Реал" АПЛдан марказий ҳимоячи сотиб олмоқчи  0 14:15"Ливерпуль" "Лион" ҳужумчисига қизиқиш билдирмоқда  0 13:33Перес: "Тони Кроосга ўхшашини топиш жуда қийин"  8 12:42Пулишич: "Чемпионлар Лигаси биз учун доим энг муҳим мусобақалардан бири бўлиб қолаверади"  4

Birinchi o'rinlar bo'yicha ustunlik van Deykda. Unda nega sovrinni Messiga berishdi? Yangiliklar

Birinchi o'rinlar bo'yicha ustunlik van Deykda. Unda nega sovrinni Messiga berishdi?

FIFA talqiniga ko'ra yilning eng yaxshi futbolchisi sovrini Lionel Messiga topshirildi.

Argentinalik "The Best" uchun kurashda Virjil van Deyk va Krishtianu Ronaldudan o'zib ketdi. Endi eng qizig'i - bu qanday sodir bo'ldi.


Siz pastroqdagi diagrammani ko'rgan bo'lsangiz kerak (ovoz berishdagi yakuniy ballar). Unga ko'ra, Messida ustunlik juda katta. Ammo aslida bunday emas.

Birinchi bo'lib tushunib olishimiz kerak bo'lgan jihat: Ochko nima uchun beriladi?


- Ovoz berish to'rt bosqichdan iborat: Terma jamoa sardorlari va murabbiylar, har bir mamlakatdan jurnalistlar hamda FIFA rasmiy saytining maxsus bo'limida ro'yxatdan o'tgan muxlislar. Ovoz beruvchilarning imkoniyati teng, yani murabbiy, sardor, jurnalist va muxlislarga ballarning 25% bo'lib beriladi.


Nomzodlar bor-yo'g'i 10 nafar, ularni maxsus hayat aniqlab beradi va ularning orasiga Xavi kiradi.


- Har bir byulletendagi birinchi o'rin 5, ikkinchi o'rin 3, uchinchi o'rin esa 1 ochko beradi.


- Keyin eng ko'p birinchi o'rinni olgan futbolchiga yakuniy 12 bal beriladi. Ro'yxatning eng tepasida bo'lish bo'yicha ikkinchi natija egasiga 10 va shunday davom etadi. Demak, agar siz har bir kategoriyada (jurnalistlar, murabbiylar, sardorlar, muxlislar) eng ko'p birinchi o'rinni egallagan bo'lsangiz maksimum 48 ochko yig'ishingiz mumkin.


Messi uchta ketegoriyada g'olib bo'ldi: Sardorlar, muxlis va murabbiylar uni g'olib deb topishdi. Jurnalistlar sovrinni van Deykka topshirishdi.

Eng qizig'i, Leo va van Deyk o'rtasidagi farq juda kichik va agar sovrinni eski tizimda topshirishganida, hammasi boshqacha bo'lardi.


FIFA va France Football bo'linib ketishidan oldin faqat birinchi o'rin uchun ovozlar hisoblanardi (yakuniy ballar bo'lmagan va muxlislarning ovozi hisobga olinmagan). Eski tizim bo'yicha baholar qo'yidagicha bo'lardi:



Etibor bering, birinchi o'rinlar bo'yicha van Deyk Messidan ustun (90 ballga= 18ta byulleten).

Gollandiyalik ikkinchi o'rin uchun ballar tufayli orqada qolib ketdi. Hammasiga murabbiylar "Liverpul" futbolchisini ro'yxatga qo'shmagani sabab bo'ldi. Ikkinchi o'rin egallash bo'yicha Messi van Deykdan 27 ball (9ta byulleten) ko'p to'pladi.


Messini ikkinchi o'ringa qo'yib, van Deykka ball bermagan murabbiylar ro'yxati:


Albaniya

Samoa

Angola

Ozarbayjon

Kolumbiya

Kongo

Kosta-Rika

CHexiya

Gabon

Gana

Gvineya-Bisau

Eron

Italiya (Manchini)

SHimoliy Koreya

Ruanda

Senegal

Slovakiya

Sent-Vinsent

Taiti

Turkiya

Vanuatu

Venesuela

Vetnam



Eski tizim bo'yisa Messi van Deykni 29 ballga taslim qilgan bo'lardi, foizda juda mayda raqam bo'ladi.



Ammo yangi qoidalar tufayli ballarning yig'indisi muhim emas. Asosiysi alohida kategoriyada zafar quchish.


1117-1088 va 46-38 ballari orasida farq bor. Van Deykning mag'lubiyati juda kattadek ko'rinmas edi.

Kim kimga ovoz berganini ko'rish ham qiziq.


Krishtianu, Messi va van Deyk - o'z terma jamoalarining sardorlari, shu sababli ular ham ovoz berishda ishtirok etishgan. Krish Messini ro'yxatiga qo'shmadi va Metteys de Ligtni eng yaxshi deb hisobladi (ikkinchi - Frenki de Yong, uchinchi - Kilian Mbappe), Leo esa Ronalduni ikkinchi o'ringa qo'ydi. Messi talqini bo'yicha yilning eng yaxshi futbolchisi Sadio Mane, uchnichi o'rin de Yongga nasib etdi.


Van Deykning tanlovi: Messi, Mane, Saloh.


- Mashhur murabbiylar orasida Messi va Ronalduni o'z byulleteniga qo'shmagan mashhur murabbiy faqat Yoaxim Lyov bo'ldi. Uning tanlovi: Azar, Mbappe, Mane. Qiziq, Germaniya terma jamoasi sardori Manuel Noyer ham ikki yulduzni ro'yxatga kiritmadi (Van Deyk, Mane, Azar).


Messi ikkinchi marta Ronalduni kuchli uchlikka kiritdi. Krish esa hech qachon Leoga ovoz bermagan.


Messi va Ronaldu 2018 yilgacha bir-biriga ovoz berishmagan. O'tgan yili Leo birinchi marta portugaliyalikni kuchli uchlikka kiritdi (uchinchi o'rin), Krishtianu esa raqibini "qora ro'yxat"dan chiqarmadi.


Boshqa qiziq malumotlar:

- Ronaldu faqat bir marta "Barselona" futbolchisini kuchli uchlikka kiritgan (Xavi). Bu yiligi Krish De Yongga ovoz berdi, ammo portugaliyalikka uning "Ayaks"dagi o'yinni yoqqan bo'lsa kerak.


- Messi bungacha ikki marta "Real" futbolchilarini byulletenga qo'shgan - 2018 yilda Ronaldu va Modrich.


- Ronaldu "Yuventus"ga o'tguniga qadar faqat uch marta "Real"dan bo'lmagan futbolchilarni o'z uchligiga kiritgan (Falkao, Xavi, Sneyder).


- Messi 10 marta "Barselona"dan bo'lmagan futbolchilarni uchlikka qo'shgan (Aguero va Ronaldu ikki marta, Di Mariya, de Yong, Mane, Neymar (o'sha yili PSJga o'tgan) Mbappe, Modrich).

- Ronaldu hech qachon portugaliyalikni ro'yxatga qo'shmagan.


- Messi 4 marta argentinaliklarni "Oltin to'p" uchligiga kiritgan.

Reyting: +42   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика