So’nggi yangiliklar

09:43"Ливерпуль" "Реал"дан икки ўйинчини 120 миллион еврога сотиб олиши мумкин — TEAMtalk   0 09:15Моддий манфат йўлида EЧЛ 25 йиллик ҳамкорликдан сўнг "Adidas" билан шартномани узайтирмоқчи эмас  0 08:46"Агар очколарни йўқотсак, ҳамма нарса тугайди". Гвардиола — "Вест Хэм"га қарши ўйин ҳақида  2 08:20Португалия терма жамоасининг жаҳон чемпионати учун меҳмон либослари суратлари пайдо бўлди  2 07:52Осиё кубоги. Бугун аёллар терма жамоамиз ЖЧ йўлланмасини қўлга киритишлари мумкин  3 05:53Ироқ чемпионати. Темировнинг бенефисига айланиб кетган баҳсда "Арбил" навбатдаги ғалабасини қўлга киритди  8 01:214 йўқотиш ҳақида Тудор: "Бунинг учун ҳам йиғлаш, ҳам курашиш керак"  5 00:57Каррагер МЮ учун мос мураббий номини айтди  6 00:31Левандовски нега "Барселона"га ўтганини айтди  6 00:12Микель Артета: "Барселона" "Ньюкасл" билан ўйинда Испаниядаги каби 1000 та пас ўйнай олмади"  19 23:43"Арсенал" Райс билан музокараларни бошлади  2 23:17"Челси" футболчиси бир ўйинга четлатилди  0 22:52"Реал" ҳимоячиси сафдан чиқди  6 22:30Майкл Оуэн АПЛнинг энг яхши жамоаси номини айтди  3 22:09Лиам Росеньор: "Челси"да ҳали имкониятлар бор. ЕЧЛда 3 гол фарқидан чиқиб кетиш ҳолатлари кўп бўлган"  5

"Men Leo qoladi deb kafolat bermaganman" - Laporta Xavining ayblovlariga javob qaytardi Yangiliklar

"Men Leo qoladi deb kafolat bermaganman" - Laporta Xavining ayblovlariga javob qaytardi

"Barselona" prezidentligiga nomzod Joan Laporta 2023 yilda Lionel Messining klubga qaytmay qolgani borasida Xavining bildirgan etirozlariga o'z munosabatini bildirdi.

Muammo nimada edi?

Avvalroq kataloniyaliklarning sobiq ustozi va yarim himoyachisi Xavi matbuotda shunday bayonot bergan edi:

"Hammasi tayyor edi, Leo qaytishni xohladi, bizda La Liganing ruxsati ham bor edi. Ammo Laporta hammasini to'xtatib qo'ydi".

Laportaning bunga javobi:

Laporta Xavining bu so'zlarini inkor etib, asl vaziyat qanday bo'lganini tushuntirib berdi:

"2021 yilda Messi moliyaviy sabablarga ko'ra shartnomasini uzaytira olmadi. 2023 yilda esa Xavi oldimga kelib, Leo qaytishni xohlayotganini aytdi — bu voqea mart oyining o'rtalarida sodir bo'lgandi.

May oyida esa Xorxe Messi (Lionelning otasi) menga Leoga bo'ladigan bosim juda yuqori bo'lishini va shu sababli ular Mayamiga ko'chib o'tishni afzal ko'rishlarini aytdi. Men esa ular o'z kelajagini belgilashda erkin ekanliklarini bildirdim.

Men Messi qoladi deb aytmaganman va bunga hech qachon kafolat ham bermaganman", — dedi Laporta.

Ko'rinishidan, "Barselona"dagi saylovlar oldidan ichki ziddiyatlar va o'tmishdagi transfer mojarolari yana kun tartibiga chiqmoqda.

Reyting: -8   

Fikrlar

+1   
10 mar 01:01:27
barselona7
MENTAL!ST foydalanuvchining fikriga javob berish
Siz bir narsani tushunmayapsiz. Xavi buni o'sha vaqtda aytmaganining sababi, u o'sha vaqtda Barselona murabbiyi edi va tabiiy-ki, klubning transfer ishlari, klubning ichki sirlarini tashqariga olib chiqish mehnat etikasiga to'g'ri kelmas edi. Xavi hozir o'sha gaplarni aytishidan maqsad, hozir u klub xodimi emas, ikkinchidan, Laporta ham hozir Barselona prezidenti emas. Uchinchidan, Laporta Messi nomidan yana foydalanib ovoz yig'ishga harakat qilyapti. Bu Laporta tomonidan pastkashlikning o'zi. Shunchaki tan oling, Laporta ikkiyuzlamachilik qilyapti. Laporta Messini ortga qaytarmasdan, yangi loyiha qurgani bu maqtovga arziydigan narsa. Messining ketishidan keyin Barselonada yangi iqtidorlar yetishib chiqdi. Ammo, bu Laportaning ikkiyuzlamachilik qilib, Messi nomi ortidan ovoz yig'ishi pastkashlikning o'zginasi. Xaviga esa respekt. U raqobatni tabiiy bo'lishini xohlayapti. Men Barselonaga Laporta qayta tayinlansa xursand bo'laman. Chunki, u Barselonani yana qayta oyoqqa turgaza oldi. Lekin Messining nomidan (ikkinchi marta) foydalanib, o'zining raqiblarini (Viktor Font) ni mot qilishi adolatsizlik. Barselona prezidentligiga davogarlar hammasi Barselonani gullab-yashnatishni xohlashadi. Laporta ham, Font ham. Poygadan chiqib ketgan uchinchi nomzod ham. Shunchaki, ularning loyihasi boshqa-boshqa. Laportaning loyihasida Messiga joy yo'q. Ammo, u Messi mening loyihamga kiradi deb lag'mon ilyapti. Mana shu joyi Laporta Barselona muhlislarini aldayotgan joyi hisoblanadi. Ko'zni kattaroq ochib, xolis baholang vaziyatni.
Лапорта Мессининг номисиз ҳам ғалаба қозона олади. Хави ўша вақтда жим бўлдими буёғига ҳам жим бўлиши керак эди. Фонт келса нима бўлиши номаълум. Флик ҳам Фонт сайланадиган бўлса шартномани узайтирмаса керак.
+1   
10 mar 00:01:19
. ..
Hammasi joyida. Agar Messi qaytganida aytaylik qanotda o'ynasa Yamalni markazda o'ynasa Pedrini yo'qotardi Barsa. Davr va vaqt degan narsa bor. Pikda o'ynasa 2 yil yugurib berardi. Lekin Yamal va Pedri Barsa uchun hali ko'p yillar o'ynaydi
+1   
09 mar 23:10:34
barselona7
Вазият қандай тугаган бўлмасин Месси ПСЖга ўтгандаёқ у Барселонанинг шонли ўтмишига айланганди. Энди Хавининг ҳам гаплари ортиқча. Шунча гапинг бор экан ўша вақтда айтмайсанми ёки ўтган йили айтмайсанми. Сайловлар олдидан нимага керак бўлди бу гаплар. Ёки Фонт билан битта тарафдамикан Хави ҳам. Барселона учун ҳаммаси шонли тарих шонли ўтмиш. Буёғига ҳозирги таркиб билан олдинга интилиш керак. Қолгани муҳим эмас.
   
10 mar 16:11:39
MENTAL!ST
barselona7 foydalanuvchining fikriga javob berish
Хави ҳам аралашмаса яхши бўлардида.
Siz men aytgan savollarni ochiq qoldirdingiz?! Laporta loyihasida Messiga o'rin yo'q bo'lsa ham, ammo, u Messi nomidan foydalanib necha marta ochko ishlashga intildi? Sizningcha, bu ikkiyuzlamachilik emasmi? Yoki Xavi noto'g'ri gap aytibdimi? Undan Messi transferi nega o'xshamadi deb so'rashgani uchun, u o'zi ma'lum bo'lgan qismni aytdi xolos. Agr Xavi bu haqida indamasa va Laporta yana Messi nomidan foydalanib ketishi qanchalik to'g'ri? Shular haqida fikr bildirsangiz.
   
10 mar 14:43:00
Azizbek Rustamovich
Laporta Messi nomidan foydalanib prezident bo‘lishga erishdi. Lekin tan olish kerak, o‘sha paytda eng loyiq inson Laporta edi. Laporta bir marta Barsani botqoqdan olib chiqdi. Etoo, Ronaldino, Deku, Anri kabi zo‘r transferlarni amalga oshirdi. Barsani haddan ziyod kuchli klubga aylantirdi.Sandro Rossel ham nimaga erishgan bo‘lsa Laporta kuchaytirgan Barsa bilan erishdi. Bartomeu esa hammasini bir tiyin qildi qo‘ydi. Laporta ikkinchi qaytishida ham juda og‘ir ahvolsagi Barsani qabul qilib oldi. To‘g‘ri, Barsa hozir Yevropani eng zo‘ri emas. Lekin tushunish kerak, jamoa o‘zagi hali juda yosh. Garsiya, Cubarsi, Balde, Bernal, Pedri, Fermin, Gavi, Yamal.... Bular hali kuchga to‘lsa daxshatli jamoa bo‘ladi. Bizga bitta Etoo yoki Suaresga o‘xshagan zo‘r hujumchi kerak xolos. Leva qaridi
   
10 mar 13:14:56
Ergashev????
MENTAL!ST foydalanuvchining fikriga javob berish
Xavining alami bormidi yoki yo'qmidi buni siz ham, men ham bilolmaymiz. Lekin aniq biladigan narsamiz bor: Laporta Messi nomini juda ko'p marta tilga olish, uni qaytarish, u nomiga haykal qo'yish, loyihaning bir qismi sifatida tasvirlab kelish, ammo, yakunda Messini olmaslik, mana bu ikkiyuzlamachilik bo'ladi. Xavi bu narsani aynan hozir aytishi kerak. Aynan prezidentlik saylovlari ketayotgan vaqtda aytishi hammasi mantiqiy narsa. Xavining gapi no'to'g'ri deya olasizmi siz? Yoki Laporta ikkiyuzlamachilik (Messiga nisbayan) qilmagan deya olasizmi?
Qaysarlik qilmasangchi uzingni aqilli kursatib. Tugri aytyabdi. Aynan saylov paytda bunaqa kazyòlligi tutibqolganini aytyabdi. Avvalroq yoki keginroq aytsa bulmaydimi deb.
Xavini alami bor yòqligini bilmaysan, nu lekin Laportani ichini bilyabsan-a? xD.
Laporta barcani tikladi deyabsan, lekin aynan xozir aytish kerak edi xaqiqatni deyabsan(saylovda Laportani obrusiga putr yetishini bilsang xam).

Nega doyim kalla qòyaverasan? xD
   
10 mar 09:44:29
barselona7
MENTAL!ST foydalanuvchining fikriga javob berish
2026-yil 5-fevral kuni Ispaniyaning Marca nashri "Lionel Messi Barselona prezidentligi saylovlariga aralashishni xohlamaydi" nomli sarlahva ostida maqola chiqargandi. Adashmasam, bu maqola CA saytimizda ham e'lon qilingandi. Messi saylovoldi kompaniyada biror bir ta'sir o'tkazib qo'ymaslik uchun hozir Barselona haqida birorta ham intervyusida gapirmayapti. Prezidentlik saylovlari tugasa, undan keyin nimadir deyishi mumkin Messi oilasi.
Хави ҳам аралашмаса яхши бўлардида.
   
10 mar 08:16:40
MENTAL!ST
barselona7 foydalanuvchining fikriga javob berish
Лапорта ва Мессининг ўртасидаги ҳамма нарса ипидан-игнасигача маълумми сизга? Лапорта интервьюсида Хорхе Месси ўғли учун АҚШга ўтишни афзал кўрди деб айтяпти. Буни на Месси на отаси рад этмади. Хави ҳохласа Виктор Фонтни қонуний вакили бўлиб олиши ҳам мумкин ҳаққи ҳам ҳуқуқи ҳам бор бунга. Шахсий танлови.
2026-yil 5-fevral kuni Ispaniyaning Marca nashri "Lionel Messi Barselona prezidentligi saylovlariga aralashishni xohlamaydi" nomli sarlahva ostida maqola chiqargandi. Adashmasam, bu maqola CA saytimizda ham e'lon qilingandi. Messi saylovoldi kompaniyada biror bir ta'sir o'tkazib qo'ymaslik uchun hozir Barselona haqida birorta ham intervyusida gapirmayapti. Prezidentlik saylovlari tugasa, undan keyin nimadir deyishi mumkin Messi oilasi.
   
10 mar 07:56:31
barselona7
MENTAL!ST foydalanuvchining fikriga javob berish
Xavining alami bormidi yoki yo'qmidi buni siz ham, men ham bilolmaymiz. Lekin aniq biladigan narsamiz bor: Laporta Messi nomini juda ko'p marta tilga olish, uni qaytarish, u nomiga haykal qo'yish, loyihaning bir qismi sifatida tasvirlab kelish, ammo, yakunda Messini olmaslik, mana bu ikkiyuzlamachilik bo'ladi. Xavi bu narsani aynan hozir aytishi kerak. Aynan prezidentlik saylovlari ketayotgan vaqtda aytishi hammasi mantiqiy narsa. Xavining gapi no'to'g'ri deya olasizmi siz? Yoki Laporta ikkiyuzlamachilik (Messiga nisbayan) qilmagan deya olasizmi?
Лапорта ва Мессининг ўртасидаги ҳамма нарса ипидан-игнасигача маълумми сизга? Лапорта интервьюсида Хорхе Месси ўғли учун АҚШга ўтишни афзал кўрди деб айтяпти. Буни на Месси на отаси рад этмади. Хави ҳохласа Виктор Фонтни қонуний вакили бўлиб олиши ҳам мумкин ҳаққи ҳам ҳуқуқи ҳам бор бунга. Шахсий танлови.
   
10 mar 07:41:06
MENTAL!ST
barselona7 foydalanuvchining fikriga javob berish
Лапорта ҳам Хави ҳам Месси ҳам қачон қаерда қай ҳолатда бўлмасин Барселонага боғлиқ кишилар бўлиб қолаверади. Меҳнат этикасига зид ҳолатда бўладими ёки сиз айтгандай айни ҳозир иккиси ҳам лавозимда эмас вақтда мантиқий деб ҳисоблайсизми бу сизни шахсий фикрингиз уни ҳурмат қиламан. Аммо мани шахсий фикрим Хавини айни вақтда айни шу нарсани олиб чиқиши ножоиз эди. Хави Ла Масия тарбияланувчи ва футболчи сифатида клуб учун борини берди. Аммо мураббий сифатида анча хом эди. Натижалар ўхшамагач (биринчи мавсум бироз яхши эди) кетишини эълон қилди кейин раҳбарият қолишга кўндирди ва қолишини эълон қилди ва мавсум охирида барибир Лапорта уни бўшатди. Бу нарса Хавига ёқмагани аниқ ва ҳозир аламини олишни айни вақти. Ҳаммадан кутсам ҳам Хавидан кутмагандим.
Xavining alami bormidi yoki yo'qmidi buni siz ham, men ham bilolmaymiz. Lekin aniq biladigan narsamiz bor: Laporta Messi nomini juda ko'p marta tilga olish, uni qaytarish, u nomiga haykal qo'yish, loyihaning bir qismi sifatida tasvirlab kelish, ammo, yakunda Messini olmaslik, mana bu ikkiyuzlamachilik bo'ladi. Xavi bu narsani aynan hozir aytishi kerak. Aynan prezidentlik saylovlari ketayotgan vaqtda aytishi hammasi mantiqiy narsa. Xavining gapi no'to'g'ri deya olasizmi siz? Yoki Laporta ikkiyuzlamachilik (Messiga nisbayan) qilmagan deya olasizmi?
   
10 mar 06:00:15
Muhammadamin Qodirjanov.78
Узи Лапорта олдин хам Бекхем олиб келаман деп сайловда голиб кегач Роналдинио олиб кеган ехтимол кимлар учундур йахшидур км. йомон томони гапида турмаган йахши томон уша трансфер узини оклаган ди лекин бу сафар узни оклаш учун ьу Ла лига конун койдалари тускинлик килди деп узни оклаганди ушанда жуда копчлик Тебесни йомон корган йомон курса курар лекин Бу йерда айбдор реал буп коганди
   
10 mar 05:44:20
barselona7
MENTAL!ST foydalanuvchining fikriga javob berish
Sizga o'zbek tilida yozganman, Xavi murabbiylik paytida klubning ichki sirini gapirishi, omma oldiga olib chiqishi mehnat etikasiga zid edi deb. Hozir Xavi ham, Laporta ham Barselonaga bog'liq kishilar emas. Shu bois Xavining aynan hozir bu haqida gapirishi juda mantiqiy narsa. Endi yetib bordimi?
Лапорта ҳам Хави ҳам Месси ҳам қачон қаерда қай ҳолатда бўлмасин Барселонага боғлиқ кишилар бўлиб қолаверади. Меҳнат этикасига зид ҳолатда бўладими ёки сиз айтгандай айни ҳозир иккиси ҳам лавозимда эмас вақтда мантиқий деб ҳисоблайсизми бу сизни шахсий фикрингиз уни ҳурмат қиламан. Аммо мани шахсий фикрим Хавини айни вақтда айни шу нарсани олиб чиқиши ножоиз эди. Хави Ла Масия тарбияланувчи ва футболчи сифатида клуб учун борини берди. Аммо мураббий сифатида анча хом эди. Натижалар ўхшамагач (биринчи мавсум бироз яхши эди) кетишини эълон қилди кейин раҳбарият қолишга кўндирди ва қолишини эълон қилди ва мавсум охирида барибир Лапорта уни бўшатди. Бу нарса Хавига ёқмагани аниқ ва ҳозир аламини олишни айни вақти. Ҳаммадан кутсам ҳам Хавидан кутмагандим.
   
10 mar 01:27:40
А.Т.У
barselona7 foydalanuvchining fikriga javob berish
Лапорта Мессининг номисиз ҳам ғалаба қозона олади. Хави ўша вақтда жим бўлдими буёғига ҳам жим бўлиши керак эди. Фонт келса нима бўлиши номаълум. Флик ҳам Фонт сайланадиган бўлса шартномани узайтирмаса керак.
Агарда Месси Фонт Президент қилиб сайланса, мен Барсага қайтаман дейдиган бўлса, Лапорта аниқ ютқазади.
Лекин, энди Месси ҳам футболчи бўлиб қайтишни истамаса керак.
   
09 mar 23:04:55
N a r g i z a
Лопарта бизга Фликни олиб келди йетади!
-1   
10 mar 08:35:21
Xojakbar Xaitov
Ман бугун хосис булиб йозмокчиман Лапорта келишидан олдин Барса кандай ахволга тушиб колган эди Хозир кандай ахволда Лапорта бу хакийкий фудбол одамидур Лапорта сайланмаса Барса яна пасаяди Флик хам кетиши мумкин Зеро Лапорта кетишига ишониш кийин 99.9 фоиз колади Тугри ман Барсани ашадик душманиман Лекин Лекин Барсани кучсизланишини хеч качон хохламаганман Буни Хави ни давридаям гапирганман
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика