Ronaldu Portugaliya bosh murabbiyligiga o'ziga yaxshi tanish nomzodni taklif qildi
13 mar 18:07
Yangiliklar
Ronaldu Portugaliya bosh murabbiyligiga o'ziga yaxshi tanish nomzodni taklif qildi
Shu bilan birga, jamoa yulduzi Krishtianu Ronaldu milliy jamoaga kimni bosh murabbiy sifatida ko'rishni istayotgani haqida malumotlar paydo bo'ldi.
"Topskills Sports UK" malumotlariga ko'ra, afsonaviy futbolchi terma jamoaga hozirda "Al Nassr"ni boshqarayotgan Jorje Jezushni bosh murabbiy etib tayinlashni taklif qilmoqda. Ronalduning fikricha, bu murabbiy jamoaga g'alabalarga erishishda yordam bera oladi.

Malum qilinishicha, Jorje Jezush JCH-2026'dan keyin Portugaliya terma jamoasini boshqarishga tayyor. Hozirda u Joze Mourinyu bilan bir qatorda nomzodlar ro'yxatida bor.
Hozirda Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi ispaniyalik Roberto Martines hisoblanadi.
Malumot o'rnida, Portugaliya JCH-2026 "K" guruhida O'zbekistonning raqibi sanaladi. Jamoalar 2-tur doirasida Xyustonda o'zaro to'qnash keladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
Суперлига. "Навбаҳор" сафарда "Пахтакор"ни мағлуб этди
Суперлига. "Нефтчи" "Андижон"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, Искандеров ўйинни ҳал қилди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Fikrlar