So’nggi yangiliklar

00:12Микель Артета: "Барселона" "Ньюкасл" билан ўйинда Испаниядаги каби 1000 та пас ўйнай олмади"  0 23:43"Арсенал" Райс билан музокараларни бошлади  0 23:17"Челси" футболчиси бир ўйинга четлатилди  0 22:52"Реал" ҳимоячиси сафдан чиқди  2 22:30Майкл Оуэн АПЛнинг энг яхши жамоаси номини айтди  1 22:09Лиам Росеньор: "Челси"да ҳали имкониятлар бор. ЕЧЛда 3 гол фарқидан чиқиб кетиш ҳолатлари кўп бўлган"  3 21:48Пеп Гвардиола: "Доимо "Манчестер Сити"нинг яхши бўлишини истайман"  1 21:33Ўзбекистон U-17 термаси "Оқтепа"ни мағлуб этди  0 21:10Майкл Кэррик: "Скоулзнинг танқидига эътибор бермадим"  2 20:55Эшитдик-да: Суперлигадаги биринчи истеъфо маълум  11 20:41"Пахтакор"дан ҳайдалган бразилиялик ва португалияликлар ҳозир қаерда? Педру Морейра қарийб бир йилдан бери клубсиз  0 20:20Netflix Роналдиньо ҳақида ҳужжатли фильм чиқаради  1 19:58ЎФА раҳбарияти Янги Тошкент стадиони қурилиш жараёни билан танишди  13 19:31Ҳужумчи қишки трансфер барбод бўлганидан норози ва ёзда МЮни тарк этмоқчи  0 19:03"Реал" ҳимоячиси яна жароҳат олди ва "Манчестер Сити"га қарши жавоб ўйинини ўтказиб юборади  4

Laporta Messining ketishi haqida: "Tebas tarixdagi eng yaxshi futbolchining La Ligada qolishiga qarshi edi" Yangiliklar

Laporta Messining ketishi haqida: "Tebas tarixdagi eng yaxshi futbolchining La Ligada qolishiga qarshi edi"

"Barselona"ning so'nggi prezidenti Joan Laporta afsonaviy hujumchi Lionel Messining klubdan ketish sabablarini yana bir bor eslab o'tdi va bunda La Liga rahbariyatini aybladi.

Xavining gaplariga javob:

Eslatib o'tamiz, avvalroq jamoaning sobiq ustozi Xavi argentinalik yulduz 2023 yilda qaytishga tayyor bo'lganini, biroq Laporta bunga to'sqinlik qilganini takidlagan edi.

Kosmik qarzlar va Tebasning qarshiligi:

Laporta "SER Catalunya" radiosining "Qué t’hi jugues" dasturida chiqish qilib, asl vaziyatni quyidagicha tushuntirib berdi:

"Biz Messi bilan nima qilishimiz kerakligini avval ham muhokama qilganmiz. Uning haykalini Kroyff haykali yoniga o'rnatishimiz va butun «Kamp Nou» 105 000 tomoshabinni sig'dira oladigan vaqtda ulug'vor xayrlashuv marosimini o'tkazishimiz lozim. Menimcha, tarixdagi eng yaxshi futbolchi uchun bu adolatli qaror.

2021 yilda biz Messi bilan shartnomani uzaytira olmadik, chunki maoshlar vedomosti nazoratdan chiqib ketgandi. Kosmik darajadagi qarzdorlik fonida bu xarajatlar yanada oshib ketardi. Buning shunchaki iloji yo'q edi.

Aslida niyatimiz shartnomani uzaytirish edi. Biz kreativ echimlarni qidirdik, biroq Xaver Tebas tarixdagi eng yaxshi futbolchining Ispaniya ligasida qolishiga qarshilik qildi".

Saylovlar oldidan Laportaning bunday bayonotlari va o'tmishdagi mojarolarni qayta ko'tarishi muxlislar o'rtasida yana katta bahs-munozaralarga sabab bo'lmoqda.

Reyting: -4   

Fikrlar

+1   
11 mar 18:27:17
А.Т.У
Алдайсанку Лапорта)
+1   
11 mar 16:21:29
S!V!RUZ
Laporta ikkiyuzlamachilik qilyapti. Messini ketishiga asosiy sababchi bu uning o'zi. Buni Barselonaning deyarli barcha muhlislari bilishadi. Shunchaki, u bu gaplarni o'ziga qarshi ovozlar yig'ib olmasligi uchun, saylov oldidan Messi manziliga tilyog'lamalikqilish uchun aytyapti. Xavi va Messi deyarli do'stlar edi, Messi hozirgacha Xavi bilan munosabatlari yaxshi, ammo, Laporta bilan salom-alik qilmay qo'ygan. Laporta tullak Messi bunaqa paytlarda ya'ni saylovlar paytida Barselonaga oid intervyular bermasligini, agar Messi nimadir deb qo'ysa saylovga ta'sir o'tkazib qo'yishni xohlamaydi, shuning uchun Messi va uning oilasi hozircha jim turibdi. Saylov o'tib olgandan keyin Messi yoki uning otasi bu voqealar qanday sodir bo'lganini aytib berishi mumkin.
   
11 mar 22:43:19
WoLfMeN
Balkim laporta yolgonchidur lekin shu odam yana barsani oyoqqa turgazyabti messi juda katta ishlar qilgan lekin klubdan ustun bulaolmaydi.uzim barsani 29 yillik muxlisiman. Xavi prinsp qilyabti Font tarafga utvolib.Font agar prizident bulsa xech narsa qila olmaydi uni avtariteti yuq tonki joylarda parot qiladi. Tushunmayabman shunaqa xolatga tushib qolgan barsani shunchalik xolatga keltirgan laportadan norozi bulishini.agar messi 30yosh bulgandayam tushinardim .36 yosh bulgan 2023 yilda.messini qaytarib olib kelgandayam Real bilan raqobat qilaoladigan jamoa bulaolmasdi. Laporta tulkidir ,yolgonchidir lekin barsa uchun qildi xammasini.Peresni xamma krishtiano ketganda xamma yomonlagan lekin uyam real uchun qilgan
   
11 mar 18:32:06
Manchester City Championes
Лапортаям бир уйинчокде кимга тушса уша уйнатаверади муссорни...
   
11 mar 17:56:22
Ўзбек футболининг муҳлиси
Сани ўзинг етарлича моаш бера олмаганингдан кейин Тебасни айблаяпсанми, бахтингга Флик бор экан, у катта трансферларсиз ҳам жамоани ушлаб турибди!
   
11 mar 15:42:35
fff
Xavi markazdan to`pni Lapartaga uzatdi u esa Tebasga bu esa Peresga uzatsa kerak)) Yoki Tegasni o`zi golni urib qo`yadi.
   
11 mar 15:29:33
Azizbek Rustamovich
Nima keragi bor kavlashtirishni. Messini ketishiga Tebas emas, Laporta sabab bo‘lgan. Real bilan ittifoq tuzib, Tebasga qarshi chiqishgan.
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика