So’nggi yangiliklar

20:05Ислом Исмоилов: "Финалларда тактикадан кўра футболчиларнинг характери юқори планга чиқади"  0 19:45ОПЛ. "Сабаҳ" бу сафар рақибига жавобсиз 5 та гол урди  0 19:10Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)  23 18:50ЎзФҲМ йиғилиши: икки ўйинда қизил карточка кўрсатилиши керак эди  10 18:27"Аркадағ" кетма-кет иккинчи йил Туркманистон кубоги соҳибига айланди  13 18:15Дунёдаги энг йирик кўча футболи чемпионати яна Ўзбекистонда  1 18:00"Металлург" назорат баҳсида "Гулистон"ни мағлуб этди  0 17:45"Барса" Гави тиззасидан олган жароҳатидан сўнг сафга қайтганини эълон қилди. Хавбек август ойидан бери ўйнамади  9 17:05Ўзбекистон Суперкубоги: дебютант “Нефтчи” саккизинчи жамоа, рекорд “Пахтакор”да  7 16:49"Футбол олами". 3-турдаёқ илк истеъфо  0 16:29Аёллар ўртасидаги Осиё кубоги. Ўзбекистон чорак финалда Жанубий Кореяга йирик ҳисобда мағлуб бўлди  14 15:35Ўзбекистон Суперкубоги–2026: Бердиев рекордчи, рўйхатда хорижлик мураббийлар ҳам бор  2 14:50Ким Мин Же "Бавария"ни А Серия топ клубига алмаштириши мумкин  1 14:28Ўзбекистон Суперкубоги. Тарихдаги илк учрашув ва қолган тўқнашувларда қандай натижалар қайд этилган? Кимлар майдонга тушган?  2 13:36"Интер" Саудия Арабистонидаги ўйинчига кўз тикди  1

Kamoliddin Tojiev: "Ertangi o'yinga 100 foiz shaymiz. Penaltilar seriyasiga tayyorlanmadik" (to'liq matbuot anjumani) Yangiliklar

Kamoliddin Tojiev: "Ertangi o'yinga 100 foiz shaymiz. Penaltilar seriyasiga tayyorlanmadik" (to'liq matbuot anjumani)

"Paxtakor" bosh murabbiyi Kamoliddin Tojiev va yarim himoyachi Akmal Mozgovoy O'zbekiston Superkubogi doirasida "Neftchi"ga qarshi o'yin oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Matbuot anjumanida dastlab "Paxtakor" bosh murabbiyi Kamoliddin Tojiev va yarim himoyachi Akmal Mozgovoy ishtirok etdi.

Kamoliddin Tojiev: Tayyorgarlik yaxshi darajada o'tdi. Barcha ertangi o'yinga yuz foiz tayyor. O'tgan o'yinni esdan chiqazib, xatolarni tahlil qilib, ushbu o'yinga yuz foiz yaxshi kayfiyat bilan kelib, ertaga xudo xohlasa g'alaba bilan muxlislarni xursand qilamiz.
 
Akmal Mozgovoy: Kayfiyat alo darajada. Yaxshi tayyorgarlik ko'rdik. Raqibni o'rganib chiqdik. Ertaga qiziqarli va muhim o'yin kutib turibdi. Chiroyli o'yin va g'alaba bilan muxlislarimizni xursand qilishga harakat qilamiz.
 
– O'tgan yili Andijondagi O'zbekiston kubogi finalida g'alaba qozongansizlar va kubok ko'targansizlar. Ikkinchi sovrun uchun Andijonga tashrif buyurdingizlar. Umuman ertagangi o'yinda hamma yaxshi biladi, Farg'ona lokaciya bo'yicha yaqin, tabiiyki Farg'onadan ishqibozlar ko'p kelishi kutilmoqda. Aynan mana shu vaziyat fonida, ertaga bu holat "Paxtakor"ga bosim o'tkazishi mumkin deb o'ylaysizmi?
 
Kamoliddin Tojiev: Bizning muxlislar ham keladi, ko'p bo'lmasa ham kelishadi, qo'llab-quvvatlashadi. Stadion to'la bo'lsa, bizning muxlislarimi yo Farg'ona muxlislarimi, bizga farqi yo'q. O'yin muhiti yaxshi bo'ladi va bu xalaqit bermaydi. 


– "Navbahor"ga qarshi uchralgan mag'lubiyatdan keyin matbuot anjumanida shogirdlarimni tanimadim, bilmadim nima bo'ldi keyingi kunlarda degandingiz. O'z xatolarimiz ustida ishlaymiz, deb aytgansiz. Tahlil qilib, rostdan ham xatolarni topdingizmi va qanday xatoliklar? Finaldagi so'nggi uchta uchrashuvda to'qqizta gol urib kelayotgan "Neftchi"ga qarshi qanday tayyorgarlik ko'rdingiz?
 
Kamoliddin Tojiev: O'tgan o'yindan keyin bahsni ko'rib chiqdik, yigitlar bilan gaplashdik. Nima bo'lganini bildik, topdik. Xudo xohlasa, xatolar ustidan ishlab, yigitlar bilan birga Superkubok uchun tayyorgarlik ko'rdik. “Neftchi” to'qqizta gol urgan, biz ham to'rtta urdik. Ertaga kubok o'yini, u boshqa o'yin. Bitta o'yindan iborat bo'ladi. Kim tayyor bo'lsa, o'sha yutadi. 


– O'tgan tur o'yiniga ko'p to'xtalyapmiz. "Paxtakor" kutilmaganda "Navbahor"ga yutqazib qo'ydi. Aynan o'sha uchrashuvdan keyingi tarozida pallasi "Neftchi" tomonga o'tib ketmadimi? "Navbahor" bilan o'yindan keyin "Neftchi" favorit deb qaralayotgan fikrga qanchalik qo'shilasiz?
 
Akmal Mozgovoy: Yo'q, murabbiy aytib o'tganlaridek, Superkubok bitta o'yindan iborat. Hamma yuz foiz kayfiyatda chiqadi bitta o'yinga. Siz o'tgan turni eslayapsiz. U boshqa o'yin, bu boshqa o'yin. O'tgan o'yin omadimiz kelmadi. Bu o'yinga xatolarni to'g'irlab chiqib, g'alaba uchun harakat qilamiz.


 Ikkita turda "Paxtakor" safida zaxiradan maydonga tushgan futbolchilar gol urdi va umuman hamma gollarni zaxiradan maydonga tushgan futbolchilar uryapti desa bo'ladi. "Paxtakor"dagi hujum chizig'ida kadrlar masalasida muammolar bor deb o'ylamaysizmi? Start tarkib tanlayotganda hujumchilarda adashyapman deb o'ylaysizmi?
 
Kamoliddin Tojiev: Yo'q, har o'yinga o'z rejamiz bor. Rustammi, Piotermi, zaxiradan tushib, jamoaga yordam bersa yaxshi. Har o'yinga qarab hujumchi tanlaymiz. O'tgan o'yin Rustam chiqdi yo Piotr chiqdi, noto'g'ri qildik deb o'ylamaymiz. O'tgan o'yinda faqatgina hujumchimizda emas, butun jamoada o'yin o'xshamagan. Shuning uchun bu o'yinga, hujumga chiqqan ham, zaxiradan tushgun ham yordam beradi.
 
–  "Navbahor" bilan o'yindan keyin rotaciya bo'ladimi?
 
Kamoliddin Tojiev: Ertaga ko'rasiz.
 
 Bugun shu bir necha soat oldin "Paxtakor" matbuot xizmati Andijon shahriga tashrif buyurgan videolarni ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida elon qilgandi. O'tgan o'yin haqida hamma gapiryapti. Shundan keyin kayfiyat jiddiy tus oldimi? Sal jiddiyroqroqdek ko'rindi, masalan, hech kim kulmayapti. Rahbariyatdan gap eshitmadingizmi mobodo?
 
Kamoliddin Tojiev: Jiddiy o'yin kutib turibdi, shuning uchun hamma jiddiy bo'lib kelganmiz. 
 
 O'zbekiston Superkubogi tarixiga qaragan bo'lsak, "Paxtakor" jamoasi ettita o'yinda ishtirok etgan va afsuski, tarixiy balansda "Paxtakor" musobaqasida eng past ko'rsatkichga ega. Beshta mag'lubiyat, ikkitasida g'alaba qozonilgan. 2016 yili o'sha paytda o'zingiz ham o'ynagansiz. Mana shu statistikaga qanchalik etibor qaratasiz? 
 
Kamoliddin Tojiev: Statistika u statistika. Ertaga o'yinga boshqa o'yin bo'ladi, xudo xohlasa. Statistikaga yangiliklar kiritamiz.


– O'tgan mavsumda "Paxtakor" ikki o'yinda ham "Neftchi"ni taslim etgan. O'ziga bo'lgan ishonch evaziga desa bo'ladi. Savolim shundan iboratki, "Paxtakor" klubida hozir ham o'ziga bo'lgan ishonch "Neftchi"ga qarshi o'yin oldidan ancha yuqorimi va bu o'yinda o'zlaringizni favorit deb hisoblayapsizlarmi yoki o'tgan mavsumdagi "Neftchi"dan bu mavsumdagi "Neftchi"ni kuchliroq deb hisoblaysizmi?
 
Kamoliddin Tojiev: Ertangi o'yin – kubok o'yini. Unda "Neftchi" yo "Paxtakor"ni favorit deb bo'lmaydi. Biz o'tgan yili ikkita chempionat o'yini o'tkazgandik, ammo uning darajasi boshqa. "Neftchi" bu mavsumda kuchayganmi? Bir-ikkita o'yinchilarni jalb qilishgan. O'tgan yilga qaraganda ozroq o'sish bor.
 
 Ertaga to'qson daqiqada g'olib aniqlanmasa, penaltilar seriyasi guvohiga aylanamiz. Penaltilar seriyasiga qanchalik tayyorlandinglar, yani qanchalik muhim o'rin tutadi yoki to'qson daqiqada hal qilmoqchimisizlar?
 
Kamoliddin Tojiev: Xudo xohlasa, asosiy vaqtda g'alaba qozonishga harakat qilamiz. Penaltilar seriyasi – lotereya. Kimdir bir yil tayyorlanib, baribir g'olib bo'la olmasligi mumkin. Shu bois penalti seriyasiga tayyorlanmadik.
 
 Akmal aka, "Paxtakor" safidagi ko'pchilik o'yinchilar bilan oldindan birga bir klubda, bir maydonda o'ynagansiz. Adaptaciya jarayonlari hozirda qanday ketyapti va bu ertangi o'yinga ham tasir qilmaydimi?
 
Akmal Mozgovoy: Hammamiz o'rtoqdekmiz, bir oiladek. Adaptaciya yaxshi o'tyapti. Bu jihat ertangi o'yinga xalaqit qilmaydi.
 
–  Ertaga "Paxtakor" chempion bo'ladigan bo'lsa, futbolchilarga qanaqadir qo'shimcha bonuslar bormi?
 
Kamoliddin Tojiev: Futbolchilarga bonus? Biz hali u to'g'risida gaplashganimiz yo'q.
 
 Akmal aka, adashmasam 2021 yildan beri siz uchun ketma-ket oltinchi yo ettinchi Superkubok bo'ladi. "Paxtakor" shunday jamoaki, tarkibida eng tajribali futbolchilar o'ynaydi. Superkubok masalasida jamoaga maslahat berib, etakchilik qila olasizmi?
 
Akmal Mozgovoy: Biz Superkubokda g'alaba qozonish uchun keldik.

Reyting:    

Fikrlar

+1   
14 mar 20:20:05
ЮЛДУЗ МУРОДОВА
Пахтакорга. Омад галаба кутаман.
+1   
14 mar 20:17:23
Islombek Mosayev
Neftchiga omad tilemiz ertaga kuchlisi yutsin oma sovrin olsa ruhan yanayam dadillasharmidi Neftchi
+1   
14 mar 20:17:14
Islombek Mosayev
Neftchiga omad tilemiz ertaga kuchlisi yutsin oma sovrin olsa ruhan yanayam dadillasharmidi Neftchi
+1   
14 mar 20:15:28
MTJ, PAXTAKOR
Uje saviyasiz tutruqsiz savollardan bilsa bo'ladiki uje kotiga vohima ini tushib qopti bulani.. Yana 4..5 ta urib tashamasmikan degan hayolda
+1   
14 mar 19:33:36
STENLESS..R
Руза ойида ёмон гапирмокчи змасдиму кайси итни БОЛАСИ яхши фикр ёзсам минус бособди онасини итга тенглаштирса минус босаверсин хар минус босилганини курсам яхшилаб сукаман. Плюс босганлар куллариз долларга тулиб дастурхони тукин булсин
   
14 mar 20:23:23
ЮЛДУЗ МУРОДОВА
Бахтиёр Ашуров foydalanuvchining fikriga javob berish
Ва алайкум ас Салом. Раҳмат. Яхшимисиз ука? Ҳудога шукур юрибмиз!
Бахтиёр ука яхшимисиз узимни телим куйиб колди бу кенноийнгизники . Эртага галаба кутамиз Аллах хохласа бир биримизни галаба билан табриклаш насиб килсин .
   
14 mar 20:23:23
ЮЛДУЗ МУРОДОВА
Бахтиёр Ашуров foydalanuvchining fikriga javob berish
Ва алайкум ас Салом. Раҳмат. Яхшимисиз ука? Ҳудога шукур юрибмиз!
Бахтиёр ука яхшимисиз узимни телим куйиб колди бу кенноийнгизники . Эртага галаба кутамиз Аллах хохласа бир биримизни галаба билан табриклаш насиб килсин .
   
14 mar 20:19:46
mirabzal
фойдаси йук матбуот анжуманида кар кар килади уйинда юутказади тожиев хаво хали тожиев юутадиган даражада исимади так что бохона бор уйини куриб асаби бцзганга арзимийди пахтакори шонли номи йук бувоти
   
14 mar 20:18:09
Hokimjon Yo'ldashaliyev
Ona tilim, kechir meni, Ona tilim...
   
14 mar 20:14:53
STENLESS..R
Xojakbar Xaitov foydalanuvchining fikriga javob berish
Бахтийоракаям плюс босдим Ассалому алайкум тузумисиз
Рахмат ман нармални фикрларингизни купига плюс босганман хар плюс босганимни айтовермайманку миннатга киради. Омон булинг.
   
14 mar 20:03:14
Xojakbar Xaitov
STENLESS..R foydalanuvchining fikriga javob berish
Руза ойида ёмон гапирмокчи змасдиму кайси итни БОЛАСИ яхши фикр ёзсам минус бособди онасини итга тенглаштирса минус босаверсин хар минус босилганини курсам яхшилаб сукаман. Плюс босганлар куллариз долларга тулиб дастурхони тукин булсин
Мана ман плюс босдим анунди карзни узиб куйдим
   
14 mar 20:01:32
Xojakbar Xaitov
Саволни ахволига карела 100 фоиз провакацыонный саволлар Тагинам Тожиевни асаби темирданакан индамади
   
14 mar 19:56:51
Isroiljon Qosimov
Ким ёзган бўлсаям саводингга мани...
   
14 mar 19:51:57
Mavlonbek Mo'minovich
Asosiysi xakamlar katta saxnaga chiqishmasin. Paxtakor yoki Neftchi kim kuchli bo'lsa toza o'ynab yutib ketsin. U yoki bu jamoaga xakamlar yordam bermasa bizni jang kutyapti jang!!!
   
14 mar 19:22:28
STENLESS..R
Бердиев демокчийдим Бери булиб кетибди узр
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика