So’nggi yangiliklar

01:30ОФК бош котиби: Эрон ЖЧ-2026 да иштирок этади  0 00:463:0 дан кейин хотиржамликка ўрин йўқ! Арбелоа "Ман Сити"га қарши жавоб ўйинидан нима кутмоқда?  2 00:12Неймар Бразилия терма жамоасининг қайдномасига киритилмади  2 00:04"Агар атайлаб урганимда, у ўрнидан тура олмасди!" Рюдигер рақибининг жағига берган зарбаси ҳақида  1 23:30Барча 18 жамоа чемпион бўлиши... ёки қуйи лигага тушиб кетиши мумкин бўлган Польша лигасига хуш келибсиз  0 23:00"Чўққида!" Винисиус Жуниор "Оскар" ютган Майкл Б. Жорданни қутлади  1 22:18Рой Кин МЮни огоҳлантирди: "Кэррик "иблислар" учун эмас, тайёр 3 та супер номзод бор!"  11 22:00Абрамовичнинг найранглари панд берди: "Челси" рекорд жарима ва трансфер тақиқига учради  2 21:23Гвардиола: "Реал" ҳам кўп ютқазган"  11 20:38Болбойни йиқитган Нету жазодан қутулиб қолди  0 20:32Анчелотти "Реал"даги муаммолар ҳақида: "Мбаппенинг келиши Кроос ва Начонинг кетишига тўғри келди, ўзгаришлар доим ҳам силлиқ кечмайди"  2 19:57Жеррард "Ливерпул"дан қўнғироқ кутмоқда  8 19:30Руни Кэррик ҳақида қандай фикрда?  3 19:02"Реал" юлдуз футболчи учун 160 млн евро тўлашга тайёр. У Пересга ёқади  6 18:35"Челси"да босим ортиб бормоқда: Росеньор кетиши мумкин  1

"Agar ataylab urganimda, u o'rnidan tura olmasdi!" Ryudiger raqibining jag'iga bergan zarbasi haqida Yangiliklar

"Agar ataylab urganimda, u o'rnidan tura olmasdi!" Ryudiger raqibining jag'iga bergan zarbasi haqida

Madridning "Real" klubi himoyachisi Antonio Ryudiger La Liganing 26-turida raqib yuziga tizzasi bilan bergan kuchli zarbasi yuzasidan izoh berdi.

Qonli vaziyat va hakamlar qo'mitasining etirozi:

Eslatib o'tamiz, uchrashuvning 26-daqiqasida "Xetafe" himoyachisi Diego Riko Arda Gyuler bilan kurashda yiqilib tushgan va shu paytda vaziyatga qo'shilgan Ryudiger chap tizzasi bilan uning elkasiga, keyin esa jag'iga zarba berib yuborgan edi. Hakam Alexandro Munis bu vaziyatda qoidabuzarlik qayd etmadi. Biroq keyinchalik Ispaniya hakamlar qo'mitasi (CTA) nemis futbolchisi ushbu qo'polligi uchun qizil kartochka olishi kerak edi, degan xulosaga keldi.

"Men uni o'ldirmoqchi emasdim"

Ryudiger esa bu ayblovlarga va vaziyatning bo'rttirilayotganiga o'z munosabatini bildirdi:

"Men takroriy lavhalarni sekinlashtirilgan holatda ko'rdim va bu haqiqatan ham dahshatli ko'rinardi. Ammo o'yinning o'zini ko'rsangiz...

Men bahslashmoqchi emasman, lekin uni o'ldirmoqchi ham emasdim. Bu kontaktni bo'rttirib ko'rsatish kerak emas, chunki agar men buni ataylab qilganimda, u o'rnidan tura olmasdi. U esa yugurishda davom etdi".

"Mening o'z chegaralarim bor"

"Men o'yindan keyin u bilan gaplashdim. Bitta to'xtatilgan kadr butun voqeani to'liq ochib berolmaydi. Bu qizil kartochka emasdi. Men unga jarohat etkazishni istamagandim. Qattiqqo'l o'yin ko'rsatishni yaxshi ko'raman, lekin men hech qachon oshib o'tmaydigan chegaralarim bor. Shuning uchun ham bu bayonotlarni biroz oshirib yuborilgan deb hisoblayman", — dedi Ryudiger.

Reyting: -1   

Fikrlar

   
17 mar 00:26:10
Bahodir
Tögri har qanday vaziyatni sekinlashtirilgan kadrda körsangiz huddi atayin yoki juda daxshatli körinadi ammo tezlikda bu shunchaki töqnashuv özing bilmagan holda kimgadir jarohat yetkazib qüyasan vohima qimalaring vohima qimalaring
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика