Romano Ronalduning "Chelsi"ga o'tishi haqidagi mish-mishlar bo'yicha bayonot berdi
10 mar 13:11
Yangiliklar
Romano Ronalduning "Chelsi"ga o'tishi haqidagi mish-mishlar bo'yicha bayonot berdi
Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistonini tark etib, jarohatini davolash uchun Ispaniyaga yo'l olgani ortidan portugaliyalik futbolchining kelajagi haqida kutilmagan taxminlar paydo bo'ldi.
Shulardan biri uning "Chelsi"ga o'tishi bilan bog'liq edi. Ammo haqiqat nimalardan iborat?
Mashhur insayder Fabricio Romano bu malumot katta shov-shuvga sabab bo'lganiga qaramay, unda hech qanday haqiqat yo'qligini aytdi:
"So'nggi kunlarda ko'pchilik mendan shu mavzu haqida so'radi, balki Angliyada ham bu haqda qandaydir ishoralar chiqqan bo'lishi mumkin, lekin bu albatta mutlaqo feyk xabar. Ronaldu va "Chelsi" o'rtasida umuman hech narsa yo'q. Menimcha, hech qanday qo'shimcha tushuntirishlar ham shart emas", – dedi Romano.
Avvalroq Ronalduning jarohati jiddiy ekani, bu uning mart oyida Portugaliya terma jamoasi o'yinlarida qatnashishini so'roq ostiga qo'yayotgani haqida xabar berilgan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
Суперлига. "Навбаҳор" сафарда "Пахтакор"ни мағлуб этди
Суперлига. "Нефтчи" "Андижон"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, Искандеров ўйинни ҳал қилди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Fikrlar