So’nggi yangiliklar

21:57Фоденнинг "Манчестер Сити"даги келажаги ҳақида маълумот берилди  0 21:25Ла Лига. "Барселона" — "Севилья" 5:1 (матнли трансляция)  36 21:15Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.  195 20:58АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Астон Вилла"ни мағлуб этди ва учинчи ўринга чиқиб олди  12 20:38Финалиссима УЕФА ва КОНМЕБОЛ қарори билан бекор қилинди. Нега?  1 20:18"Ливерпуль" — "Тоттенхэм". Таркиблар маълум  4 19:38"Барселона" — "Севилья". Таркиблар маълум  5 18:03​"Бобур Арена" Суперкубокка тайёр!  15 17:01Марушич: “Фаворитмиз? Бугун бир лаҳза ҳаммасини ҳал қилиб юбориши мумкин”  3 16:49Ўзбекистон Суперкубоги: дублга эришган футболчиларни биласизми?  3 16:09Сардор Собирхўжаев: “80-90 фоиз легионер мураббий ва футболчилар Суперлигани жуда кучсиз деб ўйлаб келишади”  4 15:39Пётр Пажишек: "Пахтакор"га келишим? Европадан ташқарида ўйнаб кўрмоқчи эдим"  3 15:01Opta "Манчестер Сити"нинг муваффақиятига ишонмаяпти  9 14:17МЮ португалиялик юлдузга кўз тикди  2 13:30Ўзбекистон Суперкубоги тўпурарлари: Черан етакчи, Кошелев ва Акопянц ҳам рўйхатда бор  4

La Liga. "Barselona" - "Sevilya" 5:1 (matnli translyaciya) Yangiliklar

La Liga. "Barselona" - "Sevilya" 5:1 (matnli translyaciya)

La Liga 28-tur doirasidagi uchrashuvning matnli translyaciyani ushbu sahida kuzatib borishingiz mumkin.

La Liga. "Barselona" — "Sevilya" 5:1

Gollar: 9, 21, 51 - Rafinya, 38 - Dani Olmo, 45+3 - Oso, 60 - Joau Kanselu

"Barselona": 13. Joan Garsiya, 5. Pau Kubarsi, 18. Jerard Martin, 2. Joau Kanselu (4. Ronald Arauxo, 66'), 42. Xavi Espart, 20. Dani Olmo, 8. Pedri (16. Fermin Lopes, 46'), 22. Mark Bernal (17. Mark Kasado, 67'), 28. Runi Barji (10. Lamin Yamal, 67'), 11. Rafinya, 9. Robert Levandovski.

Zaxira: 25. Voycex SHHensni, 31. Diego Kochen, 24. Erik Garsiya, 36. Alvaro Kortes, 6. Gavi, 43. Tommi Markes, 7. Ferran Torres, 14. Markus Rashford.

"Sevilya": 1. Odisseas Vlaxodimos, 5. Tangi Kuassi (32. Andres Kastrin, 70'), 6. Nemanya Gudel, 16. Xuanlu Sanches, 12. Gabriel Suaso (11. Ruben Vargas, 46'), 2. Xose Anxel Karmona (21. Chidera Ejuke, 46'), 36. Oso, 18. Lyusen Agume, 20. Jibril Sou, 9. Akor Adams (17. Nil Mope, 46'), 10. Aleksis Sanches.

Zaxira: 13. Eryan Nyuland, 22. Federiko Gattoni, 3. Sesar Aspilikueta, 19. Batista Mendi, 8. Joan Jordan, 28. Manuel Bueno, 24. Adnan Yanuzay, 7. Isaak Romero.

Ogohlantirishlar: 37 - Gabriel Suaso


76. Olmoning uzoqdan bergan zarbasi noaniq bo'ldi.

72. Vargasning zarbasini Garsiya qaytardi.

69. Arauxoning bosh bilan bergan zarbasi xavfli, ammo noaniq bo'ldi.

67.Ejukening kuchli zarbasini Garsiya qaytardi!

66. "Barsa" biryo'la uchta o'zgarish qildi. Asosiy o'yinchilarni "Nyukasl" bilan bo'ladigan bahsga asrab olib qo'ydi Flik.

64. Lamin Yamal zaxiradan maydonga tushishga tayyorlanmoqda. Shunchaki, statistika uchunmikin?)

61. Do'stlar, buyog'iga davom etmay qo'yaversak ham bo'ladiya?)

60. GOL! Kanselu o'yin taqdirini to'liq hal qildi! Portugaliyalik futbolchi maydon markazidan oldinga yurish qildi, bitta himoyachini aldadi va darvozaga aniq zarba yo'llab, oradagi farqni to'rttaga etkazdi.

54. "Sevilya" ikkinchi bo'limga hujumchilarni "tashlagandi" zaxiradan. "Barsa" esa raqib shashtini tushirib qo'ya qoldi bo'lim boshidan.

51. GOL! Rafinyadan xet-trik! Braziyalik forvardning tepgan to'pi rekoshetga uchrab darvozaga kirib ketdi.

46. Har ikki jamoa ham bo'limni o'zgarish bilan boshladi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi. 

45+4. Birinchi bo'lim yakunlandi.


45+3. GOL! Oso hisobni qisqartirdi! O'ng qanotdan uzatilgan to'pni Oso darvozaga yo'lladi va gol urdi!

45+2. Sanchesning zarbasi himoyachilarga tegib qaytdi.

45. Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi.

45. Leva o'ziga havolatib uzatilgan to'pni boshi bilan darvozaga yo'lladi, ammo noaniq bo'ldi.

42. "Barselona" to'liq to'p nazoratini egallagan, "Sevilya" maydonda yo'qdek, go'yo.

39. Xo'sh, masala halmi endi?

38. GOL! Olmo hisobni uchtaga oshirdi! O'ziga uzatib berilgan to'pni darvozaga yo'lladi va bu aniq bo'ldi!

35. Martin jarima maydonchasiga kirib borib zarba berdi, ammo kuchsiz chiqdi.

31. "Sevilya"da ishtiyoq yuqori emasdek ko'rinmoqda, aytarli hujumlar ko'rmayapmiz. 

25. Levandovskining zarbasi noaniq bo'ldi.

22. Umuman olganda ikkila vaziyatda ham penalti bor edi, endi mehmonlarning reakciyasi yanada qiziq bo'ladi. 

21. GOL! Rafinya ikkinchi marta penaltidan gol urdi!

19. Penalti, 19 daqiqada ikkinchi bor!

18. Qiziq holat, "Sevilya" jarima maydonchasi ichida futbolchining qo'liga to'p tegdi. Bosh hakam VAR bilan gaplashmoqda. Yana bir penalti bo'lishi mumkin.

17. Olmoning uzoqdan tepgan to'pini Odisseas qaytarib yubordi!

14. Chapdan uzatilgan to'pni Oso darvozaga yo'lladi, Garsiya ushlab oldi.

10. Tezkor gol urib oldi "Barselona", buyog'iga mehmonlar nima qiladi, kuzatamiz.

9. GOL! Rafinya hisobni ochdi! Braziliyalik futbolchi penaltini aniq amalga oshirdi!

8. "Barsa"dan dastlabki hujum, Rafinya to'pni Kanseluga uzatdi, u oldinga o'tayotgan raqib yiqitdi. Penalti!

3. "Sevilya" faol boshladi, jarima zarbasi ishlab, uni amalga ham oshirdi, biroq xavfli bo'lmadi.

1. O'yin boshlandi.

- Assalomu alaykum qadrli futbol ixlosmandlari! Barchangizni La Liga 28-tur doirasidagi "Barselona" — "Sevilya" uchrashuvining matnli translyaciyani kuzatib borishga taklif etamiz!

Reyting: +7   

Fikrlar

+5   
15 mar 20:23:11
Murod Karimberdiyev
Barselonadan yirik va chiroyli gʻalaba kutamiz!Jamoamizga omad yor boʻlsin!
+4   
15 mar 21:09:11
Barcelona Champion
Saburov Shaka foydalanuvchining fikriga javob berish
Barsaga penka qoyib bermasa yutolmaydi sevillani 1 shi oyindagi maglubiyat eslarida ekan hayriyat hakam yordamga keldi 2shi penkaniyam berdi yana penka bersa kerak shunki oyindan gol urmayandi neshshidir oyindan beri xd real penka derdinglar hosh barsa nima endi barsa +hakam penka uyat bunday oyin barsa shokyabdi eng muhim pallada nyukasl adabini beradiyov bu oyini bilan barsani mayli omad
Ука кеча Реални ойинида биттаям Барсачи ёзмади, факат сен Барсачилар ёзишини кутиб китмирланиб комент ёздинг. Бугунам уруш чикаргинг келиб ненативлик килияпсан. Барсни битта мухлиси бор сайтда 14 акаунти бор, сенам шунга ухшайсанми ёки? Узингни шунака пастлар билан солиштиришга ёл койма ука эркак болайлик
+4   
15 mar 20:45:18
Mardonbek Sobirov
Barca 1 - davrada sevilladan 4 - 1 ga yutqazgandi shu hisob bn yutsin sevillani omad Barca
+3   
15 mar 21:39:05
Хонмирзо
Биринчи даврадаги ҳисоб сабабли бугунги ўйиндан кимларнидир роса умиди катта эди))
Умиди пучга чиққани сабабли аламига чидай олишмаяпти)). Олға Барса.
+3   
15 mar 21:09:39
Shuxrat Xalbayev
Real vs RealSasedad oʻyinidagi kulguli penka vaziyatlar koʻtni teshiga berkitildi Barsani chaynashsa ututiladigandek)))
+3   
15 mar 21:00:14
Mardonbek Sobirov
Barca penaltidan gollar ursa ayrimlarni orqasi yonyabdi ex bechoralar
+3   
15 mar 20:48:02
Shakhruzz 7o1
raPENya
+3   
15 mar 20:28:03
MENTAL!ST
Mana hisobni ham ochib oldik... Kanselu va Rafinya!
+2   
15 mar 21:46:39
Azizbek Rustamovich
Barsa 5-1 hisobida zo‘rlashni sevadida.
+2   
15 mar 20:51:42
Y@Go_6060
Manchester City Championes foydalanuvchining fikriga javob berish
Эйй нидагон кандай сен махкамми кайф килиб уйин куропсанми
Чумо сани си...яптими бич бляя
+2   
15 mar 20:29:21
Manchester City Championes
MENTAL!ST foydalanuvchining fikriga javob berish
Mana hisobni ham ochib oldik... Kanselu va Rafinya!
Эйй нидагон кандай сен махкамми кайф килиб уйин куропсанми
+1   
15 mar 21:51:46
Azizbek Rustamovich
Barsadan mukammal o‘yin va sevimli hisob. Xeyterlarni esa minus bosishdan boshqa ilojlari yo‘q. Shu joyiga Lewa ham bitta urib qo‘ysaydi.
+1   
15 mar 21:42:22
Mardonbek Sobirov
SERGIO RAMOS foydalanuvchining fikriga javob berish
Xuddi Real penaltidan gol urgan kabimi
Bu mavsumda kim penaltidan koʻp gol urdi mbabbeni 70 % gollari penaltiku
+1   
15 mar 21:41:40
Хонмирзо
Ажойиб ҳисоб, 5 га 1)) Олға Барса!
+1   
15 mar 21:41:30
Mardonbek Sobirov
Sobtasha barca ayama sevillani ezib yanchib tasha
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика