So’nggi yangiliklar

23:30Барча 18 жамоа чемпион бўлиши... ёки қуйи лигага тушиб кетиши мумкин бўлган Польша лигасига хуш келибсиз  0 23:00"Чўққида!" Винисиус Жуниор "Оскар" ютган Майкл Б. Жорданни қутлади  1 22:18Рой Кин МЮни огоҳлантирди: "Кэррик "иблислар" учун эмас, тайёр 3 та супер номзод бор!"  6 22:00Абрамовичнинг найранглари панд берди: "Челси" рекорд жарима ва трансфер тақиқига учради  2 21:23Гвардиола: "Реал" ҳам кўп ютқазган"  10 20:38Болбойни йиқитган Нету жазодан қутулиб қолди  0 20:32Анчелотти "Реал"даги муаммолар ҳақида: "Мбаппенинг келиши Кроос ва Начонинг кетишига тўғри келди, ўзгаришлар доим ҳам силлиқ кечмайди"  2 19:57Жеррард "Ливерпул"дан қўнғироқ кутмоқда  7 19:30Руни Кэррик ҳақида қандай фикрда?  2 19:02"Реал" юлдуз футболчи учун 160 млн евро тўлашга тайёр. У Пересга ёқади  6 18:35"Челси"да босим ортиб бормоқда: Росеньор кетиши мумкин  1 18:07Сарри: "Модрич — камтарликнинг ҳақиқий намунаси"  0 17:39"Нефтчи" "Пахтакор"ни ютиб, Суперкубокни қўлга киритган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  16 17:17Бекобод шаҳри Ўзбекистон Кубоги финали ёки Суперкубокка мезбонлик қилиши мумкин?!  3 16:51"Футбол олами". Финалларда ҳакамлар хатоси одат тусига кирди  22

Roy Kin MYUni ogohlantirdi: "Kerrik "iblislar" uchun emas, tayyor 3 ta super nomzod bor!" Yangiliklar

Roy Kin MYUni ogohlantirdi: "Kerrik "iblislar" uchun emas, tayyor 3 ta super nomzod bor!"

"Manchester Yunayted" klubining sobiq sardori va afsonasi Roy Kin jamoani vaqtinchalik boshqarib turgan Maykl Kerrikni doimiy bosh murabbiy etib tayinlamaslikka chaqirdi.

Kerrikning natijalari yaxshi, ammo...

Ayni paytda mankunianliklar APL turnir jadvalida 30 ta o'yindan so'ng 54 ochko jamg'argan holda 3-o'rinni egallab turishibdi. Shunga qaramay, Kin rahbariyat bunga aldanmasligi kerak deb hisoblaydi:

"O'ylaymanki, bundan ham yaxshiroq variantlar bor. Ha, Maykl o'zi boshqargan o'yinlarda ajoyib natija ko'rsatdi. Men uning oldida shlyapamni echaman va agar u yozda bu ishni olsa, unga omad tilayman. Ammo "Manchester Yunayted"ning keyingi menejeri lavozimiga ancha yaxshiroq nomzodlar borligiga ishonaman".

"Vaqtinchalik murabbiy bo'lish oson"

Kinning fikricha, Kerrikning hozirgi muvaffaqiyati uning elkasida ortiqcha bosim yo'qligi bilan bog'liq:

"Ko'pchilik o'yinchilarga vaqtinchalik murabbiy yoqadi. Ammo shartnomalar, mavsumoldi tayyorgarlik, tibbiy xodimlar va transferlar bo'yicha qaror qabul qilish kerak bo'lganda, vaziyat butunlay o'zgaradi. MYUni boshqarish uchun sovrinlar yutish va evrokuboklarda qatnashish borasida ancha tajribaliroq mutaxassis kerak, Kerrikda esa bu narsa hozircha yo'q".

Kin kimlarni taklif qilmoqda?

Roy Kin klub rahbariyatiga etibor qaratish lozim bo'lgan aniq nomzodlarni ham sanab o'tdi:

"Bozorda murabbiylar etarli. Diego Simeone va Luis Enrike. Ular orasidan eng yaxshisini topishga harakat qilish kerak. Shuningdek, Jeymi Rednapp tilga olgan Tomas Tuxel ham ajoyib variant".

Reyting: -4   

Fikrlar

   
16 mar 23:36:38
Hamidov
Xech qaysi murabbiy Sulsher va Karrik singari jamoani zor boshqarmadi bu ikkisi jamoani yaxshi biladi Sulsher payti xam jamoa yaxshi oynagan edi Karrik davrida xam jamoa ishonchli oynamoqda jamoaga top murabbiy yo oyinchi keremas jamoaviy oynayapti shu tarzda davom etishi kerak Kinning gapiga axamiyat bermaslik kerak bosish k.k ozi shunday yaxshi ketyapti ilgari ser davrida xam m yu qimmat oyinchi olmagan nabarot oyinchilar m yu da porlagan omad Karrikka shunchasi bajarolmagan ishni qilyapti oz chempionatida yorgan Ten xag Amorimni ne ne umidlar b.n zor boladi endi zor oyinlar koramiz deb kutib oldik samarasiz boldi endi xammasi alo darajada bolganda boshqa murabbiy k.kmas
   
16 mar 23:26:07
WoLfMeN
E qorbobo bashara San aytgan trenerlar kelishi dargumon keladigon bulsaham APL oson liga emas kurdik anchasini eplay olmadi
   
16 mar 23:05:03
Абдурахмон Вахобов
Кэрэккни тинч куй бобой Кин!
   
16 mar 22:52:53
Beckham
Birinchidan betayin Ten Hag bilan dalboyob Amorimga berilgan imkoniyatlar nega Kerrikga berilmasligi kerak, ikkinchidan bu taklif qilayotgan murabbiylar umuman toʻgʻri kelmaydi.
   
16 mar 22:32:00
Jahongir Mansurov
Hech ham shuni Kerrikni tinch qo'ymaydi ekanda. ITLAR hurar karvon oʻtar deb ishayverish kerak Maykl.))))))))))))))))
   
16 mar 22:27:56
Azizbek Rustamovich
Tuxel yaxshi variant emas. Chelsi bilan tasodifiy ChL kubogidan boshqa xech narsasi yo‘q. Bunday kubok di Matteoda ham bor. Uyam o‘sha ChLdan keyin xech narsa qilolmadi. Enrike.... rostan yaxshi variant. Lekin kelarmikan. Simeone.... sinalgan murabbiy. Lekin uni taktikalari APL shiddatiga tusharmikan. Kerrik yaxshi boshqaryapti. Vaqtida Sulsherni qadriga yetishmagandi. Oqibati nima bo‘ldi. MYU muxlisi emasman. Lekin odam achinadi shunday klubni ahvoliga.
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика