Anchelotti "Real"dagi muammolar haqida: "Mbappening kelishi Kroos va Nachoning ketishiga to'g'ri keldi, o'zgarishlar doim ham silliq kechmaydi"
16 mar 20:32
Yangiliklar
Anchelotti "Real"dagi muammolar haqida: "Mbappening kelishi Kroos va Nachoning ketishiga to'g'ri keldi, o'zgarishlar doim ham silliq kechmaydi"
"Bir paytlar ideal bo'lgan "Real" nima uchun shunchalik o'zgarib ketganini tushunyapsizmi?" degan savolga italiyalik mutaxassis shunday javob berdi:
"Futbolda detallar barchasini hal qiladi va shu bilan birga jamoa ichidagi muhit ham o'zgaradi. Gap faqatgina muhitda yoki Toni Kroosning o'rniga Kilian Mbappening kelishida emas. O'sha yili Nacho ham jamoani tark etdi, Dani Karvaxal jarohat oldi, Luka Modrich esa kamroq o'ynay boshladi.
Kiyinish xonasida fantastik muhitni yaratgan eski avlod ketdi va ularning o'rniga o'yinga o'z xarakteri, individualligini olib kiradigan hamda o'rnak bo'ladigan yangi avlod futbolchilari keldi. Bu narsalar bir kechada sodir bo'lmaydi, buning uchun vaqt kerak".
Mbappe va o'tish davri
Anchelotti yangi etakchilar va jamoaning moslashuv jarayoni haqida qo'shimcha qildi:
"Mbappening kelishi ikkita muhim o'yinchi — Kroos va Nachoning ketishiga to'g'ri keldi va bu muhitni o'zgartirib yubordi. Mbappe 50 ga yaqin gol urib, o'zini fantastik darajada ko'rsatdi va jamoa sovrinlar uchun kurashdi. Chunki futbol mayda detallarga asoslangan. Qachonki siz nimadir o'zgartirsangiz, hammasi ham doim silliq kechavermaydi", — dedi Braziliya terma jamoasi ustozi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Fikrlar