Abramovichning nayranglari pand berdi: "Chelsi" rekord jarima va transfer taqiqiga uchradi
16 mar 22:00
Yangiliklar
Abramovichning nayranglari pand berdi: "Chelsi" rekord jarima va transfer taqiqiga uchradi
Rekord jarima va taqiq:
Mustaqil komissiya qaroriga ko'ra, ingliz klubi 10,75 million funt sterling miqdorida jarimaga tortildi. Jurnalist Nizar Kinsellaning malum qilishicha, bu APL tarixidagi eng yirik jarima hisoblanadi.
Shuningdek, "Chelsi"ga 9 oy davomida akademiyaga yangi o'yinchilar ro'yxatdan o'tkazish taqiqlandi. Asosiy jamoa uchun esa 2 yillik sinov muddati bilan 1 yillik shartli transfer taqiqi (ban) belgilandi.
Ayblovlar nimadan iborat?
2025 yilning sentyabr oyida Angliya Futbol associaciyasi (FA) klubga 2009 yildan 2022 yilgacha bo'lgan davrda 74 ta qoidabuzarlik bo'yicha ayblov elon qilgan edi. Gap Eden Azar, David Luiz, Andre Shyurrle, Ramires, Nemanya Matich, Ngolo Kante, Villian va Samyuel Eto'O kabi yulduzlarning transferlarida agentlarga offshor hisob-raqamlar orqali qilingan noqonuniy to'lovlar hamda moliyaviy hisobotlardagi yolg'onlar haqida ketmoqda.
Yangi rahbariyat klubni qutqarib qoldi:
Takidlanishicha, agar yangi rahbariyat eski xo'jayin davridagi xatolarni o'zlari tan olib, Premer-ligaga murojaat qilmaganida, "Chelsi" naq 2 yillik qatiy transfer taqiqiga uchragan bo'lar edi.
Akademiyaga qo'yilgan taqiq 9 yoshdan oshgan va boshqa ingliz klublaridan keladigan futbolchilarga tegishli. Bu xorijlik iqtidorlar va amaldagi shartnomalarni uzaytirishga tasir qilmaydi. Hozirda FA tomonidan tergov harakatlari hali ham davom etmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Fikrlar