Xavi 2023 yilda Messining "Barselona"ga o'tmaganiga jamoa prezidentini aybladi
09 mar 09:24
Yangiliklar
Xavi 2023 yilda Messining "Barselona"ga o'tmaganiga jamoa prezidentini aybladi
Siz bosh murabbiy bo'lganingizda u "Barselona"ga qaytishi mumkinmidi?
"Laporta Messi bilan bog'liq vaziyat haqida to'liq haqiqatni aytmayapti. Leoning transferi allaqachon kelishib olingan edi. 2023 yil yanvar oyida, jahon chempioni bo'lganidan so'ng, biz u bilan bog'landik va u menga qaytishni xohlayotganini aytdi. Men uni jamoada ko'rishni istadim. Mart oyigacha suhbatlashdik va men Messiga: "Menga ruxsat bersang, prezidentga seni transferring haqida xabar beraman", dedim, chunki futbol nuqtai nazaridan men uni jamoaning asosiy tarkibida ko'rdim".
Keyin nima bo'ldi?
"Prezident Leoning otasi bilan shartnoma bo'yicha muzokaralarni boshladi va biz hatto liga rahbariyatidan ruxsat oldik. Lekin oxir-oqibat, hamma narsani to'xtatgan prezident bo'ldi", - dedi Xavi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar
Нега бу гапларни ўша пайтда айтмади.
Ҳаммаси сайлов учун ўйин манимча.
Лапортаям Мессини қурол қилиб сайловда ютганди, энди Хави ва Фонт шу ишни қилишябди.