"Real" yulduz futbolchi uchun 160 mln evro to'lashga tayyor. U Peresga yoqadi
16 mar 19:02
Yangiliklar
"Real" yulduz futbolchi uchun 160 mln evro to'lashga tayyor. U Peresga yoqadi
Madridliklar transfer oynasida jamoani kuchaytirish rejasini tuzmoqda.
"Bild"ning xabar berishicha, madridliklar "Bavariya" vingeri Maykl Olisega qiziqish bildirmoqda. "Qaymoqranglilar" prezidenti Florentino Peres franciyalik o'yinchiga yuqori baho beradi va uni qo'lga kiritish uchun katta summa — 160 mln evro taklif qilishga rozi.

Biroq "Bavariya" qishda Oliseni sotishni rejalashtirmayapti. U Myunxen klubida ikkinchi mavsumini o'tkazmoqda. Shu vaqt ichida Maykl 93 o'yinda ishtirok etib, 35 ta to'p kiritdi hamda 50 ta samarali uzatmani amalga oshirdi.
"Bavariya"ning navbatdagi uchrashuvi 18 mart, chorshanba kuni Chempionlar Ligasi doirasida "Atalanta"ga qarshi o'tkaziladi. Maykl Olise esa sariq kartochkalari ortib ketgani uchun ushbu o'yinda ishtirok etmaydi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Fikrlar