

"Bu juda hayajonli. Debyut muvaffaqiyatli chiqdi. Turkiyaga kelib, shunday murakkab muhitda o'ynash oson emas. Keraklicha o'ynadik. Yaxshi to'p surdik, ularga yuqori bosim o'tkazdik. Menda bor-yog'i uch yarimta mashg'ulot bo'lganiga qaramay, juda ko'p qiziqarli jihatlarni ko'rdim. Bu umid bag'ishlaydi. Futbolchilar qilgan ishdan mamnunman. Hammani ko'rish yoqimli bo'ldi.
Bu har doim insonni to'lqinlantiradi. So'z topa olmayapman. Fransiya terma jamoasi safida bo'lmaganimga ham ancha bo'lgan edi. Qandaydir o'zgacha voqea yuz bermoqda. Biz lahzadan zavq olmoqdamiz. Balans - hamma narsaning kalitidir", - dedi Zidan TF1 efirida.



