Jakadan so'ng sertifikatni soxtalashtirgani uchun yana bir futbolchi Shveytsariya terma jamoasi tarkibidan chetlatildi

26 sen 2026, 08:50
Shveytsariya terma jamoasi hujumchisi Bril Embolo Millatlar ligasining bo'lajak o'yinlarida o'z jamoasiga yordam bera olmaydi.

Bu haqda terma jamoa matbuot xizmati rasmiy saytda xabar bermoqda.

"Embolo Shveytsariya futbol assotsiatsiyasini shaxsiy hayotidagi vaziyat haqida xabardor qildi va bu bugun jamoatchilikka ma'lum bo'ldi. Natijada assotsiatsiya rahbariyati Bril rejalashtirilganidek jamoaga qo'shilmasligi haqida qaror qabul qildi.

Ushbu qaror jamoaning UEFA Millatlar ligasining bo'lajak uchrashuvlariga bor e'tiborini qaratishini taminlashga qaratilgan. Bril Embolo qaror haqida xabardor qilindi", - deyiladi bayonotda.

Granit Jakaning koronavirusga qarshi vakcinaciya sertifikatini soxtalashtirgani tufayli terma jamoadan chetlatilgani haqida birinchilardan bo'lib xabar bergan jurnalist Kreyg Kingning ma'lum qilishicha, Embolo 2021 yilda COVID-19 bo'yicha ikkita soxta test natijasini olganini tan olgan.

O'xshash yangiliklar