

O'tgan chorshanba kuni "Yunayted" Nyu-York fondo birjasi orqali 2025/26 yilgi mavsum uchun moliyaviy hisobotini e'lon qildi. Gap 30 iyun kuni yakunlangan 12 oylik davr haqida bormoqda.
Ertasi kuni, payshanbada esa "Yunayted" birja orqali press-reliz tarqatib, 30 iyundan so'ng klub qo'shimcha ravishda 90 million funt qarz olganini ma'lum qildi.
BBC aniqlik kiritishicha, 29 va 31 iyul, shuningdek 28 avgust kunlari "Yunayted" tiklanadigan kredit liniyasi doirasida jami 120 million funt oldi, 21 sentyabrda esa 30 million funtni qaytardi.
Shu tariqa, "Yunayted"ning umumiy qarzi ayni damda 1,15 milliard funtni tashkil etmoqda. Shundan 375 million funti - transferlar bo'yicha majburiyatlar bo'lib, "Old Trafford" klubi ularni yaqin besh yil ichida to'lashi kerak.
Hisobotdan, shuningdek, yozda "Yunayted" yangi o'yinchilarga 191,7 million funt sarflagani ayon bo'ladi. Shu bilan birga, Andrey Santos, Yuri Tilemans va Karlos Balebaning transferlari bonuslar bilan birgalikda jami 155 million funtga baholanmoqda va qo'shimcha mablag'lar qaerga ketgani to'liq tushunarli emas.



