Norvegiya FF Xolandning matbuot anjumanida qatnashishini taqiqladi

26 sen 2026, 00:42
Norvegiya terma jamoasi "Manchester Siti"ning moliyaviy qoidabuzarliklar bo'yicha ishida chiqarilgan qaror ortidan Erling Xolandning matbuot anjumanida ishtirok etishi bo'yicha rejalarini o'zgartirdi.

Bugun "Manchester Siti" APL moliyaviy qoidalarini buzish bilan bog'liq deyarli barcha ayblovlar bo'yicha aybdor deb topilgani ma'lum bo'ldi. Klub faqat bitta ayblov bo'yicha oqlangan.

Avvalroq Norvegiya futbol assotsiatsiyasi matbuot kotibi Morten Skensberg Xoland va terma jamoa bosh murabbiyi Stole Solbakken shanba kuni Portugaliyaga qarshi Millatlar ligasi uchrashuvi oldidan jurnalistlar bilan muloqot qilishini ma'lum qilgan edi.

Biroq keyinchalik Norvegiya futbol federatsiyasi rejalar o'zgarganini bildirdi. Xoland o'rniga matbuot anjumanida Andreas Shellerup va Fredrik Eursnes ishtirok etadi.

Eslatib o'tamiz, APL 2023 yil fevral oyida "Manchester Siti"ni 2009–2018 yillar oralig'ida moliyaviy qoidalarni buzganlikda ayblagan edi. Keyinchalik The Times ayblovlar soni 115 emas, 130 ta ekanini xabar qilgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: TV2