APL klublari "Manchester Siti"dan kompensaciya talab qilishi mumkin

26 sen 2026, 00:15
"Manchester Siti" APLning moliyaviy qoidalarini buzgani bo'yicha deyarli barcha ayblovlarda aybdor deb topilganidan so'ng, boshqa klublarning davolariga duch kelishi mumkin.

"The Times" ma'lumotiga ko'ra, bunday qaror "Siti"ning raqib klublariga kompensaciya talab qilish uchun yo'l ochishi mumkin. Klub jiddiy qoidabuzarliklarda aybdor deb topilsa, "Arsenal", "Liverpul", "Manchester Yunayted" va "Tottenhem" kabi klublar etkazilgan zarar uchun tovon talab qilish huquqini saqlab qolishlari haqida rasmiy xabar berilgan.

Vaziyatdan xabardor manbalarning aytishicha, ayrim klublar o'zlariga etkazilgan zarar miqdorini oldindan hisoblab chiqqan. Jumladan, Chempionlar ligasida ishtirok eta olmagan davrlar bilan bog'liq yo'qotishlar 100 million funtdan ham oshishi mumkin.

Agar kompensaciyaga foizlar ham qo'shilsa, talab qilinadigan umumiy summa yanada kattalashishi ehtimol qilinmoqda. Biroq klublarning davolari va ular bo'yicha kompensaciya miqdori hozircha rasman belgilanmagan.

O'xshash yangiliklar


Manba: The Times