

"Real" futbolchisi 54-daqiqada hisobni ochdi. Goldan so'ng u oqsoqlana boshladi, ammo o'yinni davom ettirdi. Biroq 59-daqiqada chap tizzasidagi noqulaylik sabab almashtirildi. Uning o'rniga Dezire Due maydonga tushdi.
Mbappening jarohati qay darajada jiddiy ekani hozircha ma'lum emas.
Fransiya Turkiyani 1:0 hisobida mag'lub etmoqda. Mbappe joriy mavsumda “Real” va Fransiya terma jamoasi safida o'tkazgan 9 ta uchrashuvda 9 ta gol urgan.



