

Moliyaviy jarimadan tortib ochkolarni olib tashlashgacha bo'lgan ehtimoliy sankciyalar "Real"ga "shaharliklar"ning bazi o'yinchilariga chiqish imkoniyatini ochib berishi mumkin.
Florentino Peres anchadan beri "Siti"ning bir nechta futbolchilariga, jumladan Erling Xolandga qoyil qoladi, garchi uning uzoq muddatli shartnomasi va madridliklar hujum chizig'idagi yuqori raqobat ushbu bitim amalga oshishi ehtimolini pasaytirsa-da. Shuningdek, "Real"ning manfaatlari doirasida Rayan Sherki va yaqinda shartnomasini 2031 yilgacha uzaytirgan Yoshko Gvardiol ham bor edi.
Jiddiy sankciyalar ularning bazilarini "Etixad"ni tark etishga majbur qilishi mumkin, bu esa "Real"ga Rodri qo'ldan chiqarilganidan so'ng maydon markazida yuzaga kelgan muammoni hal qilish uchun imkoniyat beradi.


