

O'yindan keyin "Kattaqo'rg'on" bosh murabbiyi Yuriy Utkulbaev matbuot anjumanida ishtirok etdi.
- O'yin haqida fikringiz?
- Biz g'alaba uchun maydonga chiqqandik, shuningdek himoyani mahkam ushlashni maqsad qilgandik. Himoya chizig'imiz golgacha yaxshi harakat qildi, lekin hujumda aytarli hech nima o'xshamadi. Raqib o'z imkoniyatidan foydalanib gol urdi va shuning evaziga g'alaba qozondi. O'yinchilarimiz jarohat oldi, majburan almashtirdik, bu ham xalaqit berdi. Bu - futbol, nihoyatda intizomli o'yin namoyish etish kerak bo'ladi.
- Darvozabon holati haqida fikringiz?
- Darvozabonimiz eng muhimi sog' bo'lsin. U o'yin payti urilib ketdi va jarohat oldi.



