“Arsenal” Gimaraes transferi borasida deyarli kelishib oldi. Futbolchi tibbiy ko'rikdan o'tishga ruxsat kutmoqda

Administrator
4 avg 2026, 20:42
“Arsenal” yarim himoyachi Bruno Gimaraesning transferi bo'yicha "Nyukasl" bilan kelishuvga erishish arafasida.

Bu haqda The Athletic nashri xabar bermoqda.

Klublar o'rtasidagi muzokaralar yakuniy bosqichda turibdi. Braziliyalik futbolchi London jamoasi safida tibbiy ko'rikdan o'tish uchun ruxsat berilishini kutmoqda.

Gimaraes ayni paytda “Nyukasl” bilan Ispaniyadagi yig'inda ishtirok etmoqda.

O'tgan mavsumda yarim himoyachi APLning 29 ta uchrashuvida maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: The Athletic