Yuriy Utkulbaev: "Hisobni saqlab qoldik va g'alaba qozondik"

26 iyul 2026, 00:45
Proliga 11-turidan o'rin olgan "Kattaqo'rg'on" – "Yaypan" (2:1) uchrashuvidan keyin "Kattaqo'rg'on" bosh murabbiyi Yuriy Utkulbaev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida fikringiz?

- Yaxshi raqibga qarshi qiyin o'yinni o'tkazdik. Bir qancha vaziyatga ega bo'ldik, ikkita gol urdik, yana bir nechta vaziyatlardan foydalana olmadik. Hisobni saqlab qoldik va g'alaba qozondik.

- Jamoangiz safida kim eng yaxshi o'yinchi bo'ldi?

- Men odatda futbolchilarni ajratmayman va umumiy jamoa haqida gapiraman. Ko'pincha muxlislar va jurnalistlar eng yaxshilarni aniqlashadi. Muhimi, intizomli futbol namoyish etib, muhim uch ochkoni qo'lga kiritdik. Buning uchun hammaga rahmat.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia