Yuriy Utkulbaev: "Vagiz Galiulin faoliyatini yakunlamoqchi edi"

31 iyul 2026, 00:48
Proliga 12-turidan o'rin olgan "TerDU" – "Kattaqo'rg'on" (0:2) uchrashuvidan keyin "Kattaqo'rg'on" bosh murabbiyi Yuriy Utkulbaev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- Umuman olganda, o'yinimiz o'xshamadi. Negadir reja qilgan ko'p ishlarimiz amalga oshmadi. Biroq g'alabaga erishdik, yigitlar 10 kishi bo'lib qolganda yaxshi harakat qilishdi va o'z vaziyatlaridan foydalanishdi. G'alabaga erishdik, lekin o'yin sifatidan mamnun emasman.

- Bugungi raqib "TerDU"ning muammolari bisyor. "Kattaqo'rg'on" bugun ham qiynaldi, o'tgan o'yinlarda ham. Nega bunday bo'lmoqda?
- Barchaning o'z muammolari bor. Muhimi g'alabaga erishdik. Barchasi birdaniga bo'lib qolmaydi, jamoa hali yangi. Shu sababli o'yinlar oson o'tmayapti. O'tgan o'yindan keyin 3 futbolchi jarohat oldi. Ayrim futbolchilar bugun boshqa poziciyalarda o'ynadi. O'yinimiz chiqmagani uchun bahona qilmoqchi emasman, lekin muhim uch ochkolarni qo'lga kiritdik va kamchiliklar ustida ishlashga harakat qilamiz.

IMG_20260730_232153.jpg

- O'tgan o'yinda assist qayd etgan, bugun gol urgan Vagiz Galiulin haqida nima deya olasiz?
- Sifatli futbolchi. U o'zi faoliyatini yakunlamoqchi edi, lekin jarohatlar sababli uni ham o'yinga tushirishga majbur bo'lyapmiz.

- Shunda u jamoada o'ynovchi murabbiy kabimi?
- Bugun u futbolchi edi.

- O'tgan o'yinda u futbolchilarni shug'ullantirdi va maydonga tushdi.
- Vagizda katta tajriba bor. U o'z tajribasi orqali futbolchilarga maslahatlar berishi mumkin. Mashg'ulotlar o'tishga ham uni jalb qilyapmiz. Uning tajribasiga shubha qilmayman.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia