Yamal "Barselona" bilan Chempionlar Ligasini yutishga vada berdi: "Biz bunga erishmaguncha to'xtamaymiz"

Aslanov Jasurbek
7 may 2025
Lamin Yamal "Barselona" muxlislariga kelajakda Chempionlar Ligasini yutishga vada berdi.

Kataloniyaliklar yarim finalning javob o'yinida "Inter"ga (3:4) yutqazdi (birinchi o'yin – 3:3).  

"Biz bor imkonimizni ishga soldik - bu yil bu amalga oshmadi, lekin biz qaytamiz, shubha qilmang.  

Kules (Barsa muxlislari), biz klubimizni o'ziga munosib joyga – eng yuqori cho'qqiga olib chiqmaguncha to'xtamaymiz. Men vadamni bajarib, ushbu sovrinni Barselonaga olib kelib beraman. Biz bunga erishmaguncha to'xtamaymiz.  

Ammo yakshanba kuni yana final [La Ligadagi klassiko] va bizga hammamiz birga bo'lishimiz kerak. Yashasin Barsa!" – dedi "Barselona" vingeri.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Fabrizio Romano