

Igor Sergeev: “Qiyin bo'ldi, hisob hammasini aytib turibdi. Ular tezroq, kuchliroq. Shunaqa bo'lishini kutgandik, ammo hisob 0:5 bo'lib ketgani alam qiladi. Bizga shunday o'yinlar kerak. Olg'a qadam tashlashda davom etish, xatolardan to'g'ri xulosa chiqarish kerak. 0:5 alamli hisob.
Bu Jahon chempionati, kim nima deyishidan qatiy nazar Portugaliyani taslim eta olamiz degan hayolda maydonga tushgan edik. Kongo D.R.ni taslim qilishga urinamiz. Imkoniyat qoladimi, yo'qmi, zafar quchishga intilamiz.



