2029 yilgi YCHL finali qayerda bo'ladi? Ikki nomzod bor

11 iyun 2026, 22:30
2028/29 yilgi YCHL finali qaysi stadionda o'tkazilishi masalasi hali ham ochiq qolmoqda.

UEFA oldida ikki stadion nomzodi bor - "Kamp Nou" yoki "Uembli". Tashkilot finalni qabul qilish bo'yicha faqat ikki ariza olgan. Arizalarni topshirish muddati chorshanba kuni yakunlandi.

Yakuniy qaror UEFA Ijroiya qo'mitasining 15 sentyabr kuni bo'lib o'tadigan yig'ilishida e'lon qilinadi.

Agar tanlov "Kamp Nou" foydasiga hal bo'lsa, "Barselona" stadioni o'z tarixida uchinchi marta Yevropa Chempionlar kubogi/Chempionlar ligasi finaliga mezbonlik qiladi. Bu yerda avval 1989 yil "Milan" "Styaua"ni 4:0 hisobida, 1999 yil "Manchester Yunayted" esa "Bavariya"ni 2:1 hisobida enggan.

"Uembli" esa bugunga qadar sakkiz marta Chempionlar kubogi yoki Chempionlar ligasi finaliga mezbonlik qilgan:

1963: "Milan" – "Benfika" 2:1
1968: "Manchester Yunayted" – "Benfika" 4:1
1971: "Ayaks" – "Panatinaikos" 2:0
1978: "Liverpul" – "Bryugge" 1:0
1992: "Barselona" – "Sampdoriya" 1:0
2011: "Barselona" – "Manchester Yunayted" 3:1
2013: "Bavariya" – "Borussiya" Dortmund 2:1
2024: "Real Madrid" – "Borussiya" D 2:0

Shu tariqa, 2029 yilgi YCHL finali qaysi stadionda bo'lishi 15 sentyabr kuni ma'lum bo'ladi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Goal