JCH-2026. Kolumbiya - Kongo (matnli translyatsiya)

Iskandarov Abdulaziz
24 iyun 2026, 07:00
Jahon chempionati guruh bosqichi ikkinchi turidan o'rin olgan Kolumbiya - Kongo uchrashuvi boshlandi.

JCH-2026. Guruh bosqichi, 2-tur

Kolumbiya - Kongo LIVE

“Estadio Akron” stadioni

Bosh hakam: Mouricio Mariani

Kolumbiya: 12. Vargas - 2. Munoz, 23. Sanchez, 3. Lukumi, 17. Mojika - 14. Puerta, 16. Lerma, 11. Arias - 10. Rodrigez, 25. Suarez, 7. Diaz.

​Kongo DR: 1. Mpasi-Nzau - 17. Bakambu, 20. Vissa - 25. Kayembe, 8. Mutussami, 6. Mukau - 26. Masuaku, 3. Kapuadi, 4. Tuanzebe, 22. Mbemba, 2. Van-Bissaka

Tanaffus!

45. Birinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shib berildi. 

42. Masuaku Kolumbiya darvozasi oldida keskinlik yaratishga urinib ko'rdi. 

35. Kongo DR raqibning ilk daqiqlaridagi bosimiga dosh bera oldi. Endi o'zi oldinga yuryapti. 

30. Kongo DR Kolumbiyaning hujumini bartaraf etdi. 

24. Suv ichib olish uchun tanaffus!

19. ZARBA. Kolumbiya Kongo DRga umuman imkoniyat qoldirmayapti. Uzoqdan yo'llangan zarba yo'llandi. 

15. ZARBA. Kolumbiyadan navbatdagi hujum. Luis Diazning zarbasini raqibi posboni qaytardi. Mpasi-Nzau 15 daqiqalikning qahramoni bo'lib turibdi.

12. ZARBA. Jon Lukumi burchakdan kelgan to'pni darvozaga yo'lladi. Noaniq. 

11. ZARBA. Hames Rodriges juda kuchli zarba yo'lladi. Uning zarbasini kongolik kiper qaytardi. 

7. GOL. Munoz bu safar Kongo DR darvozasiga yo'l topa oldi. Lekin Munozning goli hisobga olinmadi. VAR vaziyatga aralashishi mumkin edi. Hakam qarori qatiy

4. ZARBA. Kolumbiyaning hujumi xavfli tus oldi. Munoz bo'sh qolgan darvozaga noaniq zarba yo'lladi. Bizga gol urgandan ko'ra Kongo DRga urmaysanmi deydigan odam yo'q.

2. ZARBA. Kongo DR o'zining ilk hujumini tashkil qildi. Kayembening zarbasi xavfli ko'rinish oldi. 

  • O'yinga start berildi.

  • O'zbekistonning guruhdoshlari hisoblangan Kolumbiya va Kongo DR terma jamoalari bugun o'zaro to'qnash kelmoqda.

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia